Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

Toshkent katta dubulg‘a. Gulnoza Matniyozovaning faoliyatida yangi sahifa

Toshkent katta dubulg‘a. Gulnoza Matniyozovaning faoliyatida yangi sahifa

Baho:
+ | -

“Humo arenada” dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” musobaqasining ikkinchi kunida final bellashuvlari davom etmoqda. Biroz avval hamyurtimiz Gulnoza Matniyozova (-70 kg) hamda Obidxon No‘monov (-73 kg) bronza medali uchun tatamiga chiqishdi.

Quvonarlisi, sloveniyalik Anka Pogachnikka qarshi tatamiga chiqqan Gulnoza bellashuvni g‘alaba bilan yakunladi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ahamiyatlisi, bu Gulnoza uchun faoliyatida “Katta dubulg‘a” musobaqasidagi ilk medal bo‘ldi. Shu bilan birga hamyurtimiz Tokio Olimpiadasi reytingi yo‘lida 500 ochkoni ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda.

Afsuski, -73 kg vazn toifasida bronza medali uchun tatamiga chiqqan Obidxon No‘monov tajribali raqibi, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari finalchisi Rustam Orujovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugungi dasturning eng so‘nggi bellashuvida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sharofiddin Boltaboyev italiyalik Kristian Parlatiga qarshi oltin medal uchun bahs olib boradi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:18, 06.03.2021.
O'qildi: 4076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик