Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

BAA Pro-Ligasi. Hamdamov qizil kartochka olgan bahsda «Hatta» g‘alaba qozondi, «Shabob al-Ahli» Hamrobekovning debyut o‘yinida peshqadamdan ochko tortib oldi

BAA Pro-Ligasi. Hamdamov qizil kartochka olgan bahsda «Hatta» g‘alaba qozondi, «Shabob al-Ahli» Hamrobekovning debyut o‘yinida peshqadamdan ochko tortib oldi

Baho:
+ | -

Birlashgan Arab Amirliklari Pro-Ligasining 19-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin 6 mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Shabob al-Ahli» jamoasi musobaqa peshqadami «Al-Jazira» maydonida mehmon bo‘ldi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Karlos Eduardo dubayliklarni oldinga olib chiqdi. O‘yin asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida mezbonlar jarima zarbasi ishlab oldi va uni Milosh Kosanovich aniq ijro etib, muvozanatni tikladi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Jaloliddin Masharipov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Odiljon Hamrobekov 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, debyutini nishonladi.

«Shabob» 33 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda, «Al-Jazira» (41) esa musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

«Hatta» jamoasi o‘z uyida «Al-Fujayra»ni qabul qildi. Uchrashuvning 73-daqiqada Doston Hamdamov maydon markazidagi to‘qnashuvdan keyin ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi. O‘yin yakunlanishi arafasida maydon egalari penalti ishlab oldi, uni Jonatas muvaffaqiyatli bajardi. Ushbu gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi.

«Hatta» mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan holda ochkolarini 8 taga yetkazib oldi va so‘nggi o‘rinda bormoqda. «Al-Fujayra» (10) 12-pog‘onadan joy olgan.

Uchrashuvlarda kiritilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — havola.

BAA Pro-Ligasi, 19-tur
6 mart, shanba
«Al-Jazira» — «Shabob al-Ahli» 1:1
Gollar: 0:1 – 60 Karlos Eduardo, 1:1 – 90+2 Kosanovich.
Chetlatish: Hassan Majid – 90 («Shabob al-Ahli»).

«Hatta» — «Al-Fujayra» 1:0
Gol: 1:0 – 85, penalti Jonatas.
Chetlatish: Doston Hamdamov – 73 («Hatta»).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:44, 07.03.2021.
O'qildi: 5908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.