Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «Qizilqum»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «Qizilqum»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 2-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Qizilqum”  uchrashuvi 15 mart kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar.
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 20 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 7 tasida vakillarimiz zafar quchishgan, 12 ta bahsda navoiyliklarning qo‘li baland kelgan. Bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 23-35, “Qizilqum” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912”  22 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qizilqum”ning ochkosi 37 tani tashkil etadi.

Barcha uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

02.10.2020. Qizilqum – Qo‘qon-1912 - 2:1
19.06.2020. Qo‘qon-1912 – Qizilqum – 4:0
18.10.2019. Qo‘qon-1912 – Qizilqum - 2:1
19.04.2019. Qizilqum - Qo‘qon-1912- 0:1
05.11.2018. Qo‘qon-1912 – Qizilqum - 2:1
22.09.2018. Qizilqum - Qo‘qon-1912 - 1:0
26.05.2018. Qo‘qon-1912 - Qizilqum - 0:1
08.03.2018. Qizilqum - Qo‘qon-1912 - 0:2
19.08.2017. Qizilqum - Qo‘qon-1912 - 3:1
18.03.2017. Qo‘qon-1912 – Qizilqum - 1:0
09.09.2016. Qizilqum - Qo‘qon-1912 - 1:1
24.04.2016. Qo‘qon-1912 – Qizilqum - 0:3
25.09.2015. Qo‘qon-1912 – Qizilqum - 1:0
09.05.2015. Qizilqum - Qo‘qon-1912 - 3:1
05.10.2003. Qizilqum - Qo‘qon-1912 - 5:1
19.04.2003. Qo‘qon-1912 - Qizilqum - 1:3
30.11.2002. Qo‘qon-1912 – Qizilqum  - 2:1
16.03.2002. Qizilqum – Temiryo‘lchi - 3:0
02.11.2000. Temiryo‘lchi – Qizilqum - 1:3
01.04.2000. Qizilqum – Temiryo‘lchi - 3:2

Hakamlar
O‘zbekiston professional futbol ligasi , superliga 2-tur uchrashuvlarida ishlaydigan rasmiy shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan "Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvini Rahimbek Karimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘lishdi.

Coca Cola Superliga. 2-tur
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Aleksandr Sidorov, Daler Tilloyev, Alisher To‘xtasinov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Sherzod Rajabov

Boshlanish vaqtlari
"Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" o‘yini ertaga soat 16:15da  Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida boshlanadi. Bugun esa yoshlarimiz U-21 birinchiligi 2-turida maydonga tushishadi. "Qo‘qon-1912" U-21 - "Qizilqum" U-21 uchrashuvi Qo‘qon shahridagi 2-BO‘SMga qarashli stadionda soat 14:45da start oladi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 09:09, 14.03.2021.
O'qildi: 1484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.