Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

APL. «Manchester Yunayted» avtogol evaziga g‘alabaga erishdi (videosharh)

APL. «Manchester Yunayted» avtogol evaziga g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasi 28-turi doirasida «Manchester Yunayted» 14 mart, yakshanba kuni o‘z maydonida Londonning «Vest Hem»ini qabul qildi.

O‘yin taqdiri 53-daqiqada kiritilgan gol bilan hal bo‘ldi. Brunu Fernandeshning burchakdan uzatgan to‘pi mehmonlar vakili Kreyg Dousonga tegib darvozadan joy oldi.

Natijada Ole Gunnar Sulsher shogirdlari avtogol evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Yunayted» ochkolari sonini 57 taga yetkazib, musobaqa jadvalida yana 2-o‘ringa qaytdi. 3-o‘rindagi «Lester» hisobida esa 56 ochko mavjud. «Vest Hem» bo‘lsa 48 ochkosi bilan 5-o‘rinda qoldi. APL musobaqa jadvalida 71 ochkoga ega «Manchester Siti» yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

APL, 28-tur bahsi
14 mart, yakshanba
«Manchester Yunayted»—«Vest Hem»
Gol: 1:0 – 53, avtogol Douson.
«Manchester Yunayted» – Henderson, Lindelyof, Maguayr, Uan-Bissaka, Shou, Maktominey, Brunu Fernandesh, Jeyms, Fred, Reshford, Grinvud.
«Vest Hem» – Fabianski, Kressuell, Douson, Soufal, Jonson (Benrahma, 62), Rays, Nobl (Lansini, 62), Bouen, Souchek, Diop, Antonio.
Ogohlantirishlar: Uan-Bissaka (35), Maktominey (49), Reshford (76), Jeyms (90).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:54, 15.03.2021.
O'qildi: 3154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик