Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ro‘ziqul Berdiyev: «Zaxiramiz torligi o‘yinga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Zaxiramiz torligi o‘yinga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superligasi 2-tur “Nasaf” – AGMK uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

— Hozirgacha 3ta o‘yin o‘tkazdik, qanchalik imkoniyatga ega ekanligimiz ko‘rinib turibdi. Kuchimiz borida raqibga munosib qarshilik ko‘rsatayapmiz, kuchimiz tugaganda raqiblar ustunlikka erishishmoqda. O‘tgan o‘yinda ham, bugun ham shunday bo‘ldi. Buni juda yaxshi ko‘rib turibmiz. 3-turdagi "Navbahor" bilan o‘yindan keyin chempionatda tanaffus bo‘ladi va jismoniy holat ustida ishlashimiz kerak.

— Marko Stanoyevich almashtirilishi o‘yinga o‘z ta’sirini ko‘rsatdimi?
— U mavsumoldi yig‘inlar paytida ko‘p mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi. Uchta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsak, unda 70-daqiqadan keyin charchoq kuchaymoqda va ko‘p xato qilmoqda. Marko yetakchimiz hisoblanadi, lekin jismoniy holati yuqori darajada bo‘lishi kerak.

— "Paxtakor" bilan o‘yindagi tajovuzkorlikni ko‘rmadik. Bunga nima sabab bo‘ldi?
— Bu jismoniy toliqish bilan bog‘liq. E’tibor bergan bo‘lsanglar, birinchi taymda AGMKga nisbatan yaxshi o‘ynadik. Lekin "Paxtakor" bilan o‘yindan keyin yigitlar bilan gaplashgandik va ishtiyoqni yo‘qotmaslikka kelishib olgandik. Afsuski, bugun ikkinchi taymda bir tomondan kuchimiz yetmay qoldi, ikkinchi tomondan hisobni ushlab qolishga urindik. Zaxiramiz torligi o‘yinlarga ta’sir qilishini bilardik. Lekin imkoniyatimizdan kelib chiqib vaziyatdan chiqib ketishga urinamiz.

— Shohmalik Komilov ikkita turda ham to‘liq o‘ynamadi...
— U ko‘p texnik xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Markaziy yarim himoyachi hujumga ham, himoyaga ham birdek yordam berishi kerak. To‘g‘ri, "Paxtakor"ga gol urdi, lekin uning o‘yinidan to‘liq qoniqmayapmiz. Markazdagi futbolchilar to‘pni yaxshi nazorat qilishi kerak, agar bu vazifalarni bajara olmayaptimiz, demak, uni almashtirish kerak.

— G‘olib G‘aybullayev maydonda ko‘rinmayapti.
— Ayni paytda markaziy himoyachilar Umar Eshmurodov va Husniddin Aliqulov yaxshi o‘ynashmoqda. Shu bois hozircha G‘aybullayev zaxirada. Albatta G‘olib ham asosiy futbolchimiz, albatta hali imkoniyat beramiz.

— Dilshod Saitov qachon safga qaytadi?
— Uni tezroq maydonga tushishini kutayapmiz. Chunki yetakchi o‘yinchilarimizdan biri hisoblanadi. Sekin-asta mashg‘ulotlarga qo‘shilmoqda. FIFA kunlari sababli bo‘ladigan tanaffusdan keyin balki maydonga tushishi mumkin.

— Dilshod Rahmatullayevning ketishiga nima sabab bo‘ldi?
— Uning ketishi jamoamizning moliyaviy imkoniyatiga bog‘liq. Albatta bunday futbolchilar bizga kerak edi. Afsuski, ketgan o‘yinchilarning o‘rnini to‘ldira olmadik. Buning bir nechta sababi bor juda yaxshi bilasizlar, yana takrorlashni istamayman. Shu bois ayni paytda bor imkoniyatdan foydalanamiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 07:20, 15.03.2021.
O'qildi: 3510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.