Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Berdiyev: "Yaxshi himoyalanishni rejalashtirgandik, buni uddaladik"

Berdiyev: "Yaxshi himoyalanishni rejalashtirgandik, buni uddaladik"

Baho:
+ | -

"Navbahor"ga qarshi bahsdan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuv haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Bizning o‘yindagi rejamiz, himoyadagi rejamiz amalga oshdi. Yigitlarga aynan shuni uqtirgandik. Faqat vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Golli vaziyatlarni inobatga olsak, mezbonlardan yaxshiroq vaziyatlarga ega bo‘ldik. To‘pni ham biz nazorat qildik.

"Navbahor"ning yuqoridan oshirgan uzatmalari biz uchun ayni muddao bo‘ldi. Biz yaxshi himoyalanishni rejalashtirgandik, buni uddaladik. Hujumda oqsadik. Bugun har ikki jamoa ochko yo‘qotdi, deb hisoblayman. 

Dilshod Saitov umumiy guruhga qo‘shildi. Uni asta-sekin safga qaytishini ta’minlaymiz. Ungacha ixtiyorimizdagi futbolchilar xizmatidan foydalanamiz. Bir xil tarkib bilan butun mavsumni o‘tkazish og‘ir. Zaxiramiz torligi ham pand bermoqda", - deydi Berdiyev.

Kiritildi: 21:14, 19.03.2021.
O'qildi: 2081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик