Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ulug‘bek Baqoyev: «Natija adolatli bo‘ldi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Natija adolatli bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"Qizilqum" - "So‘g‘diyona" bahsidan (1:1) so‘ng jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.

— O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham jamoalarda yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. O‘yinda birinchi bo‘lib gol urganimizni, hisobda oldinda borayotganimizni inobatga olsak, natija qoniqarsiz. Bu — futbol. Hisob tenglashganidan keyin «Qizilqum» ham, «So‘g‘diyona» ham gol urib ketishi mumkin edi. Shu boisdan aytishim mumkin, natija — adolatli. O‘yinga o‘zlarini bahsh qilganlari uchun shogirdlarimga rahmat aytaman. Shuningdek, «Qizilqum»ga omad tilab qolaman.

— «Qizilqum»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik qanday bo‘ladi? «Buxoro»da ishlab yurgan paytlaringizda ketma-ket ikki mavsum davomida «Qizilqum»ni mag‘lub etgansizlar? Buning siri bormi?
— To‘g‘risini aytganda, biz raqibdan kelib chiqib o‘yinga tayyorlanamiz. Agarda ahamiyat bergan bo‘lsangiz, biz o‘yinni boshqacha taktik sxemada boshlagandik. Ammo futbolchimiz jarohat olganidan so‘ng o‘yinni boshqatdan qurishga to‘g‘ri keldi. «Qizilqum» ham yaxshi jamoa. Menimcha, ushbu mavsumda jamoa turnir jadvalida yuqori o‘rinlarda bo‘ladi.

— Elyor Oripovning o‘yinidan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Barcha futbolchilarimdan mamnunman va ularning o‘yinlaridan ko‘nglim to‘ldi.

— U o‘yin davomida juda ko‘p e’tirozlar bildirdi.
— Bu futbol. Unda hissiyotlar jo‘sh uradi, u o‘z futbolchilariga gapirib turdi, xolos.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 08:49, 20.03.2021.
O'qildi: 2402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик