Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Italiya A Seriyasining 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Italiya A Seriyasining 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

Italiya futbol assosiasiyasi 2019/20 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha turli nominasiyalarda g‘oliblar nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Portugaliyalik hujumchi A Seriyaning 2019/20 yilgi mavsumida 33 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Qolgan nominasiyalar g‘oliblari quyidagicha:

Eng yaxshi murabbiy: Jan Pyer Gasperini («Atalanta»).

Eng yaxshi jamoa: «Atalanta».

Eng yaxshi hakam: Daniele Orsato.

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: Kristiana Jirelli («Yuventus»).

Mavsumning ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Janluiji Donnarumma («Milan»);

Himoyachilar: Robin Gozens («Atalanta»), Stefan de Vrey («Inter»), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»), Teo Ernandes («Milan»);

Yarim himoyachilar: Nikolo Barella («Inter»), Papu Gomes («Atalanta»), Luis Alberto («Lasio»);

Hujumchilar: Paulo Dibala («Yuventus»), Chiro Immobile («Lasio»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:30, 20.03.2021.
O'qildi: 2524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик