Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

A seriya. «Yuventus» o‘z uyida «Benevento»ga yutqazdi

A seriya. «Yuventus» o‘z uyida «Benevento»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 28-turi doirasida kutilmagan natija qayd etildi. «Yuventus» A seriyaning quyi pog‘onalarida borayotgan «Benevento»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bahsning 4-daqiqasidayoq Ronaldu hisobni ochishi kerak edi, ammo uning 12 metrlardan yo‘llagan zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida esa hakam dastlab "Benevento" darvozasiga penalti belgilab, VAR bilan maslahatlashgach uni bekor qildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Krishtianu ofsayddan darvozani ishg‘ol qilgani uchun gol inobatga olinmadi.

O‘yinning 70-daqiqasida esa mehmonlar hisobni ochishdi. Arturning muvaffaqiyatsiz uzatmasidan keyin to‘pni Gaych egallab oldi va raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Bahsning so‘nggi daqiqalarida "Yuventus" yetakchisi Ronaldu ikki marta yaxshi vaziyatga ega bo‘ldi, ammo uning zarbalariga ozgina aniqlik yetishmadi.

Shu tariqa, "Yuve" muhim 3 ochkodan mahrum bo‘ldi va chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlarini yanada pasaytirib yubordi. "Benevento" esa o‘z ochkolarini 29taga yetkazib, xavfli hududdan biroz uzoqlashdi.

Italiya A seriyasi, 28-tur
Yuventus – Benevento 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 69 Gaych.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Danilo, Kulusevski, Artur (Bentankur, 73), Bernardeski, Rabyo (Makkenni, 73), Kyeza, Ronaldu, Morata.
Benevento – Montipo, Barba, Kaldirola, Tuyya, Fulon (Telyo, 73), Xetemay (Dabo, 83), Viola, Ionise, Improta, Lapadula (Kaprari, 73), Gaych (Di Serio, 83).
Ogohlantirishlar: Tuyya (9), Bernardeski (17), Barba (75), Telyo (84), Bentankur (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:03, 21.03.2021.
O'qildi: 3554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик