Xabaringiz bor, 26 mart kuni O‘zbekiston MTJ Namangan shahrida Gana terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin «Markaziy» stadionida soat 18:00da boshlanadi.
O‘zbekiston – Gana o‘rtoqlik o‘yini chiptalari ertaga 24 martdan boshlab Namangan «Markaziy» stadioni kassalarida sotuvga chiqadi. Chiptalar narxi 20 ming so‘mni tashkil qiladi.