Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Bunyodkor» futbol klubi akademiyasidagi shart-sharoitlar yanada yaxshilanadi

«Bunyodkor» futbol klubi akademiyasidagi shart-sharoitlar yanada yaxshilanadi

Baho:
+ | -

Kuni kecha «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi va «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi maslahatchisi - Boshqaruv apparati departamenti boshlig‘i Kamoliddin Usmonov, «Bunyodkor» FK direktorii Ulug‘bek Mirzayev hamda murabbiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishning kun tartibidan «Bunyodkor» futbol klubi akademiyasidagi sharoitlarni yanada yaxshilash, tarbiyalanuvchilarni zarur sport inventarlari bilan ta’minlash masalasi o‘rin oldi.

Yig‘ilish avvalida «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev mamlakatimiz Hukumati, shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yurtimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirish hamda taraqqiy ettirishga katta e’tibor qaratilayotgani, bunga yaqqol va yangi misollar sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5887-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 24 yanvar kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5924-son Farmonni keltirib o‘tish zarurligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng kun tartibidan o‘rin olgan masala yuzasidan fikrlar bildirildi. Xususan, «Bunyodkor» FK akademiyasi tarbiyalanuvchilari uchun yaratilgan sharoitlarni qayta o‘rganib chiqib, ularni keskin yaxshilash, yechimini kutayotgan masalalar va muammolarni bartaraf etish, tarbiyalanuvchilar istiqomat qilayotgan bino hamda inshootlardagi mavjud kamchiliklar bartaraf etish lozimligi aytib o‘tildi.

«Bunyodkor» futbol klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilarini barcha turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash, kelgusida Superliga, birinchi liga hamda ayollar futboli, futzal jamoalariga yetuk va iqtidorli o‘yinchilarni yetkazib berish maqsadida «Bunyodkor» futbol klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilarini sport kiyimlari bilan ta’minlash, akademiya binosining (yotoqxona, sport zali, oshxona, basseyn, «trenajyor zali», tibbiy blok, o‘quv korpusi) tom qismi va basseynni ko‘rikdan o‘tkazib, nuqsonlik dalolatnomasiga (defektniy akt) asosan ta’mirlash, mashg‘ulotlar yanada samarali o‘tishi uchun zamonaviy sport inventarlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, «Bunyodkor» futbol klubi hamda Direksiyasiga ajratiladigan mablag‘lar maqsadli va samarali ishlatilishini qatiy nazorat qilish, har ikkala tashkilot faoliyatini moliyalashtirishda faqatgina homiylik mablag‘lariga emas, balki boshqa yo‘nalishlarda marketing faoliyatini jadallashtirish orqali moliyaviy holatni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul insonlarga vazifalar belgilab berildi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:02, 26.03.2021.
O'qildi: 2797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.