Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Gana termasi bilan o‘yin nima uchun FIFA reytingiga kirmaydi...

Gana termasi bilan o‘yin nima uchun FIFA reytingiga kirmaydi...

Baho:
+ | -

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayevning o‘zbek futboliga doir fikrlari bilan tanishishda davom etamiz. Bu galgi mavzu asosan Gana termasiga qarshi bahsni qamrab oldi.

- Gana futbol assosiasiyasi sayti mamlakatning ikkinchi termasi delegasiyasining dastlabki qismi Akkradan Istanbul or­qali Toshkentga parvoz qilgani haqida xabar tarqatdi. Endi Gana milliy jamoasi O‘zbekistonga kelmasligi rasman aniq bo‘ldi. Demak, endi bo‘lajak uchrashuv FIFA reytingiga kirmasligini ham bemalol aytish mumkin. O‘z navbatida, ushbu jamoalar o‘rtasida kechgan dastlabki o‘yinni birrov eslasak. Javoharlal Neru kubogi doirasidagi uchrashuv 1997 yilning 7 aprel kuni Hindistonning Kochi shahrida, 20000 muxlis guvohligida o‘tkazilgan.

Dastavval mezbonlar milliy termalarni taklif qilishgandi. Ammo O‘FF endigina tashkil etilgan, Ahmad Ubaydullayev bosh-qaruvidagi olimpiya termasini jo‘natishni ma’qul ko‘rgan. Ganadan ham birinchi terma kelmagan, jamoa ayyorona tarzda Gana XI deb nomlangan. Xitoyning ham eng kuchli tarkibi bilan kelmagani turgan gap. Ammo boshqa ikki ishtirokchi - Iroq va Hindiston termalari asosiy tarkibni maydonga tushirgan.

Bu voqealar ro‘y bergan kezlari internetni faqat havas qilish mumkin edi, uning nimaligini ko‘pchilik bilmagan ham. Shu bois, guvohlarning gaplariga ishonishga to‘g‘ri kelgan. Hindiston futbol federasiyasi FIFAga turnirda barcha milliy termalar qatnashishini aytgani sababli, unda qayd etilgan natijalar FIFA reytingiga kiritilgan. Jumladan, O‘zbekiston olimpiyachilarining Gana jamoasi ustidan erishgan g‘alabasi (3:2) ham.

O‘sha uchrashuvda hisobni 33-daqiqada afrikaliklar ochishgan. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Vyacheslav Ponomaryov muvozanatni tiklagandi. Keyin ganaliklar 57-daqiqada yana oldinga chiqib olishgan, 75-daqiqada esa Ravshan Mataliyev hisobni tenglashtirgan. 85-daqiqada Andrey Akopyans O‘zbekis­ton termasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylangandi. Mazkur g‘alaba uzoq vaqt FIFA rees­trida ko‘rsatilgan, keyinchalik tekshiruvlar o‘tkazilganidan keyin o‘yinlar soni sezilarli darajada qisqargan. Misol uchun, «Merdeka kubogi»-2001 doirasidagi ayrim o‘yinlar ro‘yxatdan tushib qolgan. O‘zbekistonda yuritilgan ro‘yxatda ham uzoq vaqt mobaynida 1995 yilgi «Merdeka kubogi» o‘yinlari qayd etilgan, o‘shanda Vengriya va Bolgariya termalariga qarshi uchrashuvlar o‘tkazilgani belgilangandi. Aslida esa O‘zbekiston termasiga «Vashash» klubi va Bolgariya klublar termasi raqiblik qilgan.

Alisher NIKIMBAYEV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:45, 28.03.2021.
O'qildi: 5350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.