Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Vadim Abramov: «Muxlislardan uzr so‘rayman, bugun ularni xursand qilishni istagandik...»

Vadim Abramov: «Muxlislardan uzr so‘rayman, bugun ularni xursand qilishni istagandik...»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Iroqqa qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yini (0:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Avvalo, muxlislardan uzr so‘ramoqchiman. Ob-havo sovuq bo‘lishiga qaramay, bugun ko‘plab ishqibozlar stadionga tashrif buyurishdi. Bugun ularni xursand qilishni istagandik. O‘yin yaxshi bo‘ldi, deb o‘ylayman. Iroq tayyorgarlik jarayoni uchun yaxshi raqib vazifasini o‘tab berdi. G‘alaba qozongan o‘yinda kamchiliklaringni ko‘rish qiyin, mag‘lub esa xato va kamchiliklarimizni ochib beradi. Tayyorgarlikni davom ettiramiz.

O‘ylashimcha, safimizda yaxshi yigitlar yig‘ilgan, ular bilan oldimizga qo‘yilgan vazifalarni uddalay olamiz.

O‘zimizni oqlash bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo fakt shundaki, Iroq 22 mart kuni Toshkentga uchib kelib, shu yerda o‘yinga tayyorgarlik olib bordi. Biz esa 26 mart kuni Namanganda o‘yin o‘tkazib, so‘ngra Toshkentga qaytib keldik. Biz bugungi o‘yinga butunlay yangilangan tarkibni tushirishimiz mumkin edi. Ammo stadionga kelgan muxlislar hurmati eng kuchli tarkibni tushirib, ularni xursand qilishni istagandik. Boshqa tomondan, Saudiyadagi turnirda har uch kunda o‘yin o‘tkazishimizga to‘g‘ri keladi. Shunga ham ko‘nikma hosil qilishimiz kerak edi.

Iroq bizning o‘yinimizni yaxshi o‘rgangan holda, qarshi hujumda o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rgani ko‘rinib turdi. Agar birinchi bo‘limda gol ura olganimizda, uchrashuv butunlay boshqacha kechishi mumkin edi.

Sergeev avvalgi o‘yinda jarohat olgani uchun bugungi o‘yinda ishtirok eta olmadi. Shahzod Ubaydullayevning maydonga tushirmaganimning sababi shundaki, bizga gol kerak edi va Shomurodovni o‘yin oxiriga qadar maydonda qoldirishga qaror qildim. U ikkita o‘yinda gol ura olmaganidan ranjidi. Shunga qaramay, Eldor hujumdagi muammolarimizni hal qila olishiga ishonaman", — dedi Vadim Abramov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:00, 29.03.2021.
O'qildi: 7412 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик