Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

«Olimpik»ni qo‘llash boshlandimi? Imomxo‘jayev javob berdi

«Olimpik»ni qo‘llash boshlandimi? Imomxo‘jayev javob berdi

Baho:
+ | -

"Olimpik" — "Buxoro" o‘yini Toshkentga ko‘chirilgani borasida xabar chiqdi. Izohlarda "Olimpik"ni qo‘llash-boshlandi qabilidagi gap-so‘zlar boshlandi.

Bizning eng katta muammolarimizdan biri — masalaning mohiyatini aniq tushunib yetmaslik. Aslida "Buxoro" stadioni futbol uchrashuvlarini qachondan boshlab qabul qilishi asosiy savol hisoblanadi. To‘liq 2020 yil davomida "Buxoro"lik futbol muxlislari o‘z arenalarida o‘yin ko‘rish imkoniga ega bo‘lishmadi. Klub uy uchrashuvlarini Muborakda o‘tkazdi.

Shu yil yanvarida "Buxoro" klubi stadion 1 aprelga tayyor bo‘lishi borasida xat berdi. Bugun 31 mart, biroq stadion katta ehtimol bilan birinchi davra yakuniga qadar ham shay bo‘lmaydi. G‘ijduvondagi stadion ta’miri qachon yakuniga yetishi borasida bizda aniq ma’lumot mavjud emas. Vaholanki, UzReport bilan hamkorlikda "Buxoro"dan ham teletranslyasiyani amalga oshirish ustida ishlayotgandik.

"Olimpik" klubi ikki davra uchrashuvlari mezbonligini almashishga rozi bo‘lib, qaysidir ma’noda "Buxoro"ga yordam berdi. Ammo O‘zPFL 6 aprel sanasiga qadar "Buxoro" stadion masalasini hal qilmasa, uning keyingi uchrashuvlarini qaytarmaslik sharti bilan mehmon jamoalar stadionlariga ko‘chiradi.

"Buxoro" futbol klubi 2020 yildan qolib kelayotgan qarzlarini hozirga qadar to‘liq bartaraf etmaganiligida ham O‘zPFL yoki "Olimpik"ning aybi yo‘q. Klub o‘z ichki muammolarini to‘la hal etib olishi shart. Aslida esa klub 1 martga qadar qarzdorlikdan to‘liq qutilishi qo‘mita tomonidan belgilab qo‘yilgandi. Ammo ko‘ryapsizki, bu muddat ham o‘tib ulgurgan.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 15:31, 31.03.2021.
O'qildi: 2958 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик