Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Xayrulla Hamidov maqolasi: YECHL qahramoni

Xayrulla Hamidov maqolasi: YECHL qahramoni

Baho:
+ | -

Birinchi aprel bugun. O‘tmishning yorqin yulduzlaridan biri Klarens Zeedorf tavallud topgan kun.

Uning maydondagi sarguzashtlari ajoyib. Eshiting bo‘lmasa:

1976 yil tug‘ilgan. Paramaribo shahrida, Surinam. Shu paytga qadar uchta turli klub bilan YECHLni yenggan yagona futbolchi hisoblanadi. "Ayaks" bilan 94/95, "Real" bilan 97/98, "Milan" bilan 2003 va 2007 yillari.

"Ayaks" ning o‘sha dovrug‘li maktabi tarbiyalanuvchisi. Yevropani zabt etgach, qirollik klubiga o‘tgan. U yerda ikki yillik missiyasini bajarib, "Inter" sari yo‘l olgan.

O‘zining aytishicha, Braziliyada dam olib yurganida, Marchello Lippi qo‘ng‘iroq qilgan, uni Interda ko‘rishni istayotganini aytgan. Ronaldo va Vyerining ortida o‘ynatishga va’da bergan. "Neradzurra" faoliyati u qadar yorqin bo‘lmasa-da, eslashga arziguli voqelik. "Inter'ga borganining boshqa foydali tomoni borki, Milan shahrining nomdosh klubiga o‘tishi oson kechdi. U" Milan"dagi Franchesko Kokoga almashtirilgan.

"Milan" Zeedorf uchun eng yaxshi klub bo‘ldi. 2002/03 yilgi mavsumda Italiya kubogini qo‘lga kiritdi -- bu 26 yildan beri kutilgan natija edi, bir yil o‘tgach YECHL finalida "Yuventus" ni mag‘lub etishda ishtirok etdi. Shu bilan uchta jamoa bilan kubokni boshi uzra ko‘targan dastlabki va hozircha yagona futbolchi bo‘lib turibdi.

2007 yilgi "Milan" tarkibida esa, u umuman porladi. Turnirning eng yaxshi yarim himoyachisi nomini qo‘lga kiritib, Pirlo va Gattuzo bilan markazning qo‘rqinchli uchligini tashkil etdi.
Milan 2011 yili uzoq kutilgan skudettoga egalik qildi.

Chempionlikda qahramonimiz asosiy rolni o‘ynadi, desak mubolag‘a bo‘lmas. O‘sha payt 35 yoshda bo‘lganini hisobga olsak, surinamlik o‘g‘lon 36 uchrashuvda muntazam harakat qildi. To‘rtta gol ham urdi. Oxirgi goli "Milan" ga chempionlik taqdim etgan gol.

Zeefdorf YECHL tashkil etilganidan buyon 20 ta kuchli futbolchilar ro‘yxatida 7-o‘rinda turadi. Aynan shu turnir uchun tug‘ilgan iqtidorlardan ekaniga yaxshigina misol.

Zeefdorfning murabbiyligi futbolchiligining teskarisi. "Milan"da boshlangan yangi soha keyingi klublarida ham chilparchin bo‘ldi. Shenchjenda ham omad kulmadi, "Deportivo" La Korunyadan ham, Kamerun terma jamoasidan ham haydaldi.

Markaziy yarim himoyachilarning ko‘pi murabbiylik sohasida muvaffaqiyatli harakat qilayotganini hisobga olsak, Zeedorfda bu qobiliyat u qadar kuchli emasligiga endi iqrormiz. Klarens xotiramizda "Milan" libosida, 10-raqamda qolgani yaxshiroq.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 08:36, 01.04.2021.
O'qildi: 7364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.