Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Ravshan Ermatov OFK prezidenti Shayx Salmon bilan uchrashdi

Ravshan Ermatov OFK prezidenti Shayx Salmon bilan uchrashdi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi delegatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidentining taklifiga binoan Manama shahriga tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif davomida O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ravshan Ermatov Shayx Salmonga O'FA prezidenti Abdusalom Azizovning samimiy salomlari va eng yaxshi tilaklarini yetkazgan holda, O'FA rahbari boshchiligida O'zbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o'zgarishlar, qo’lga kiritilayotgan sezirali yutuqlar haqida so’z yuritdi. O’FA birinchi vitse-prezidenti O'FA va OFK o'rtasidagi o'zaro hamkorlik munosabatlari ishonch va hurmat asosida qurilgan ekanligini a’lohida ta'kidladi.

Shuningdek, Ravshan Ermatov O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda keng ko‘lamli hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan har doim mamnun ekanligini aytib, qit’a miqyosidagi bir qator nufuzli musobaqalar mezbonligi aynan O’zbekistonga ishonib topshiriliganligi O'zbek futboli oilasini yanada baxtiyor etganligini bildirdi.

O’z navbatida, Shayx Salmon O'FA rahbariyatining O’zbekistonda futbolni rivojlantirishda olib borayotgan samarali faoliyatini e’tirof etdi hamda OFK va O’FA o'rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlashga hamisha sodiq ekanligini yana bir bor ta'kidladi.

Shuningdek, OFK prezidenti o'zbek futbolida olib borilgan islohotlar, uning ommaviyligini oshirishda qabul qilinayotgan qarorlarni olqishlab, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:52, 02.04.2021.
O'qildi: 2641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик