Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Jasur Abduraimov: «Bu tarkibni men yig‘madim. Birinchi davra yakuniga qadar bor futbolchilar bilan o‘ynaymiz»

Jasur Abduraimov: «Bu tarkibni men yig‘madim. Birinchi davra yakuniga qadar bor futbolchilar bilan o‘ynaymiz»

Baho:
+ | -

Toshkentning "Paxtakor" klubi Superliganing to‘rtinchi turida o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qildi (2:1). Ushbu uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov fikrlarini bildirib o‘tdi.
 
— "Paxtakor 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning o‘ziga yarasha yutuq va kamchiliklari bo‘ldi. Umuman olganda, ikki jamoa ham yaxshi o‘yin o‘tkazdi, deya olaman, – dedi Jasur Abduraimov uchrashuv haqidagi dastlabki xulosasida.

— Yaqinda murabbiylar shtabida o‘zgarishlar yuz berdi. Yangi murabbiylarni o‘zingiz taklif qildingizmi yoki klub rahbariyati?
— Bosh murabbiy doim yangi jamoaga o‘zining yordamchilari bilan keladi. Hamma joyda shunday. Ularni o‘zim taklif qildim.

— Zohid Abdullayevning almashtirilishi qay darajada to‘g‘ri bo‘ldi?
— Uning yoshini bilasizmi? Zoxid Abdullayev 37 yoshda. U charchadi. Ivan Nagayevga ishonch bildirdik. Balki ikkita hujumchi bilan o‘ynashimiz kerakdir. Buning ustida mashg‘ulotlarda ishlaymiz. Hujumchilarning ikkisi ham tezkor. Nagayev esa jarohatdan so‘ng hali o‘zining to‘liq sport formasini tiklab ulgurmagan.

— Qanotlarda tezkor futbolchilar bo‘lishi kerak. Bugun qanotlarda o‘ynagan futbolchilarga tezkorlik yetishmadi...
— Bu tarkibni men yig‘maganman. Qo‘l ostimdagi bor futbolchilar bilan davra oxirigacha o‘ynaymiz. Barcha futbolchilar harakat qilmoqda. "Paxtakor"da mahoratli ijrochilar bor. Shuncha yil bu klubda o‘zim ishladim. Ularni yaxshi bilaman. Qaysidir vaziyatda omad yetishmadi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Menimcha, "Paxtakor" va "Metallurg"da vaziyatlar teng bo‘ldi.

— O‘yin davomida hakamga nisbatan e’tirozlaringiz ko‘p bo‘ldi...
— Futbol – hissiyotli o‘yin. Har qanday murabbiy o‘yingacha mehnat qiladi. Oddiy misol, birinchi golni qarang. Men nazoratchi emasman. Murabbiyman, vazifam – futbolchilarni shug‘ullantirish. Yevropaga o‘xshab hujumkor o‘yinni yo‘lga qo‘yishga harakat qilamiz. Hamma xato qiladi. 50 ga 50 vaziyatlarda adashsa, mayli. Nimaga bizda futbol yo‘q?  Sal itarib yuborsa, jarima zarbasi belgilanmoqda, ozgina narsaga ham o‘yinni to‘xtatmoqda. Hakamlarga nazoratchilar qarashi kerak. Futbol shaxmat emas, "kontaktli" o‘yin.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:06, 02.04.2021.
O'qildi: 3923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.