Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

APL. 7 ta gol urilgan o‘yinda «Vest Bromvich» «Chelsi»ni tor-mor keltirdi (videosharh)

APL. 7 ta gol urilgan o‘yinda «Vest Bromvich» «Chelsi»ni tor-mor keltirdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 30-turida «Chelsi» 3 aprel, shanba kuni «Vest Bromvich»ga qarshi bahs yuritdi.

Londonda o‘tgan bahsda mezbonlar 2:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. «Ko‘klar»ning gollariga Meyson Maunt va Kristian Pulishich mualliflik qildi. «Vest Bromvich» safida Mateus Pereyra va Kallum Robinson dublga erishdi, yana bir gol esa Mbaye Dian hisobiga yozildi.

Uchrashuvdagi hisobni londonliklar 27-daqiqada ochishgandi, ammo oradan 2 daqiqa o‘tib "Chelsi" himoyachisi Tiago Silva maydondan chetlatildi. Shundan keyin ustunlik mehmonlar tomoniga o‘tib ketganini ta’kidlash lozim.

Qayd etish joiz, bungacha «Chelsi» Tomas Tuxel qo‘l ostida o‘tkazilgan 14 ta o‘yinda bor-yo‘g‘i bitta gol o‘tkazib yuborgandi.

30-turdan keyin «Chelsi» 51 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. «Vest Bromvich» esa (21) 19-pog‘onadan joy olgan.

APL, 30-tur bahsi
3 aprel, shanba
«Chelsi» — «Vest Bromvich» 2:5
Gollar: 1:0 – 27 Pulishich, 1:1 – 45 Mateus Pereyra, 1:2 – 45 Mateus Pereyra, 1:3 – 63 Robinson, 1:4 – 68 Dian, 2:4 – 71 Maunt, 2:5 – 90 Robinson.
«Chelsi»: Mendi, Jeyms, Aspilikueta, Zuma, Alonso, Pulishich (Maunt, 46), Jorjinyo (Havers, 72), Ziyesh (Kristensen, 33), Kovachich, Tiago Silva, Verner.
«Vest Bromvich»: Jonston, O‘shi (Ivanovich, 24; Robinson, 37), Ferlong, Taunsend, Meytlend-Naylz, Mateus Pereyra, Yokushlu, Ajayi, Fillips (Livermor, 89), Bartli, Dian.
Ogohlantirishlar: Tiago Silva (5), Dian (14), Kovachich (66).
Chetlatish: Tiago Silva (29).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:00, 03.04.2021.
O'qildi: 5548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.