Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Turin derbisida "Yuventus" mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Turin derbisida "Yuventus" mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining 29-turi doirasida Turin derbisi bo‘lib o‘tdi. «Torino» va «Yuventus» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda jangovar durang qayd etildi.

Bahsning 13-daqiqasida Federiko Kyeza chiroyli zarba bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqada Sanabriya hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi taymning ilk hujumida esa yana o‘sha Antonio Sanabriya mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Ronaldu muvozanatni tiklagan gol muallifiga aylandi. Sanabriya "xet-trik"ka erishishi mumkin edi, ammo Shchesni seyv namoyish etib, "Yuventus"da bir ochkoni saqlab qoldi.

Mazkur ochko yo‘qotishdan keyin "Yuve"ning chempionlik uchun imkoniyatlari ancha pasaydi, ehtimol, Pirloning kursisi ham qimirlab qolgan bo‘lishi mumkin. "Keksa sinyora" endi YECHLga yo‘llanma beruvchi dastlabki 4 o‘rindan birini egallash uchun harakat qiladi.

Italiya A seriyasi, 29-tur
Torino – Yuventus 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 13 Kyeza, 1:1 – 27 Sanabriya, 2:1 – 46 Sanabriya, 2:2 – 79 Ronaldu.
Torino – Sirigu, Ansaldi, Isso, Bremer, Voyvoda, Mandragora, Rinkon (Lukich, 66), Verdi (Bazelli, 87), Buonjorno, Sanabriya, Belotti (Dzadza, 72).
Yuventus – Shchensni, Aleks Sandro (Rabyo, 87), Danilo (Remzi, 71), Kyellini, de Ligt, Bentankur, Kulusevski (Bernardeski, 71), Kuadrado, Kyeza, Morata, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Ansaldi (42), Rinkon (59), Kuadrado (68), Sanabriya (83), Mandragora (88), Bernardeski (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:04, 03.04.2021.
O'qildi: 3756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик