Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bahodir Jalolov: "Men ushbu g‘alabamni onamga bag‘ishlayman"

Bahodir Jalolov: "Men ushbu g‘alabamni onamga bag‘ishlayman"

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Katta boks oqshomining yana bir jangida Bahodir Jalolov  Kristaps Zuisga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini nokaut evaziga mag‘lub etdi. Shundan so‘ng, bokschimiz jang haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Xudoga shukur deyman. Xalqimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Bundan keyingi maqsadlarimiz bundanda katta. Oldinda Olimpiada o‘yinlari turibdi. Biz qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz va oltin medallar uchun ringga ko‘tarilamiz. Hali bu boshlanishi".

- Raqibingizning o‘zi sizning qo‘lingizni ko‘tardi, bunga nima deysiz?

"Albatta, uning o‘zi meni hurmat qilishini va janglarimni kuzatib borishini aytdi. Men ham raqibimga chiroyli boks ko‘rsatgani uchun minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Chunki, ayrim og‘ir vaznli bokschilar o‘zini yomon tutadi. Bu raqibim esa ringdan hurmat bilan chiqib ketdi va uning ham kelgusidagi ishlariga omad tilayman".

- Ushbu g‘alabangizni kimga bag‘ishlaysiz?

"Men ushbu g‘alabamni onamga bag‘ishlayman va yurtboshimiz Shavkat Miromonovichga. Chunki, bizga juda yaxshi sharoitlar yaratilib berildi. Hatto, Amerikada bunaqa darajada o‘tmaydi bunday kechalar. Hozir amerikalik ustozlarimni bu atmosferani ko‘rib og‘zi ochilib qolgan. Men bundan juda ham hursand bo‘ldim. Xudo xohlasa O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat va biz bu uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz".

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:20, 04.04.2021.
O'qildi: 3126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.