Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Bundesliga. «Bavariya» safarda «Leypsig»dan ustun keldi, «Borussiya D»da esa mag‘lubiyat

Bundesliga. «Bavariya» safarda «Leypsig»dan ustun keldi, «Borussiya D»da esa mag‘lubiyat

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasining 27-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 3 aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Bavariya» «Leypsig» maydoniga safar qilib, kichik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. Myunxen klubiga g‘alaba keltirgan yagona gol Leon Goretska tomonidan 38-daqiqada urildi.

«Borussiya D» o‘z maydonida «Ayntraxt F»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 11-daqiqada Dortmund klubi himoyachisi Niko Shuls o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 44-daqiqaga kelib Mats Hummels muvozanatni tikladi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida esa Andre Silva o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan holda jamoasiga g‘alaba keltirdi.

«Bayer» esa 2:1 hisobida «Shalke-04»dan ustun keldi. Uchrashuvdagi gollar Lukas Alario, Patrik Shik va Klas-YAn Huntelar hisobiga yozildi.

27-turdan keyin «Bavariya» 64 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Leypsig» 57 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan. «Borussiya D» esa (43) 5-o‘rinni band etgan.

Bundesliga, 27-tur

«Leypsig» — «Bavariya» 0:1
Gol: 0:1 — 38 Goretska.
«Leypsig»: Gulachi, Mukiyele, Orban, Klostermann, Upamekano, Aydara (Serlot, 74), Zabitser, Olmo (Poulsen, 73; Konate, 88), Adams (Hvan Chxan, 82), Nkunku, Forsberg (Klyuyvert, 46).
«Bavariya»: Noyer, Pavar, Alaba, Zyule, Lyuka Ernandes, Goretska (Musiala, 72), Kimmix, Shupo-Moting, Myuller, Koman (Gnabri, 72), Sane (Xavi Martines, 81).
Ogohlantirishlar: Mukiyele (26), Kimmix (33), Zabitser (38), Upamekano (61), Lyuka Ernandes (81).

«Borussiya D» – «Ayntraxt F» 1:2
Gollar: 0:1 – 11, avtogol Shuls, 1:1 – 45 Hummels, 1:2 – 87 Andre Silva.
«Borussiya D»: His, Hummels, Akanji, Shuls (Reyner, 80), Azar (Knauff, 63), Gerreyru, Dileyni, Bellinghem (Daud, 56), Jan, Holand, Roys (Reyna, 80).
«Ayntraxt F»: Trapp, Durm (Chendler, 74), Ilzanker, Ndika, Tuta, Kostich, Rode (Barkok, 88), Sou, Yunes (Kamada, 46), Andre Silva (Suber, 89), Yovich.
Ogohlantirishlar: Kostich (25), Sou (33), Rode (76).

«Bayer» – «Shalke-04» 2:1
Gollar: 1:0 – 26 Alario, 2:0 – 72 Shik, 2:1 – 81 Huntelar.

«Volfsburg» – «Kyoln» 1:0
Gol: 1:0 – 69 Brekalo.

«Mayns» – «Arminiya» 1:1
Gollar: 1:0 – 56, penalti Brosinski, 1:1 – 76 Foglzammer.

«Augsburg» – «Hoffenhaym» 2:1
Gollar: 1:0 – 8 Vargas, 2:0 – 23 Han, 2:1 – 85 Skov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:20, 04.04.2021.
O'qildi: 2369 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.