Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

La liga. «Atletiko» Andalusiyada «Sevilya»ga yutqazdi (videosharh)

La liga. «Atletiko» Andalusiyada «Sevilya»ga yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasi 29-turida Madridning «Atletiko» klubi 4 aprel, yakshanba kuni «Sevilya» maydoniga safar qildi.

Turning markaziy uchrashuvida mezbon jamoa «Sevilya»ning qo‘li baland keldi. Bellashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 70-daqiqada Markos Akunya tomonidan kiritildi.

Andalusiyaliklar uchrashuvdagi hisobni 8-daqiqadayoq ochishlari mumkin edi. Ammo Okampos tomonidan yo‘llangan penalti zarbasini Yan Oblak qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari soni 58 taga yetgan «Sevilya» musobaqa jadvalida 4-pog‘onada bormoqda. «Atletiko» (66) esa mag‘lubiyatga qaramay hamon peshqadam bo‘lib turibdi. Ammo jamoada ochko yo‘qotish uchun boshqa imkoniyat qolmadi. Aks holda klub peshqadamlikni boy beradi.

Ispaniya La ligasi, 29-tur
4 aprel, yakshanba
«Sevilya» — «Atletiko» 1:0
Gol: 1:0 – 70 Akunya.
«Sevilya»: Bunu, Kunde, Diyego Karlos, Navas, Akunya, Jordan (Gudel, 87), Rakitich, Suso (Gomes, 77), Fernando, Okampos (Vaskes, 87), de Yong (En-Nesiri, 63).
«Atletiko»: Oblak, Trippyer, Ximenes, Ermoso (Kondogbia, 74), Felipe, Saul, Lyorente, Lemar (Errera, 74), Koke, Lodi (Korrea, 34), Suares.
Ogohlantirishlar: Felipe (5), Diyego Karlos (10), Suares (56), Akunya (56), Lyorente (79), Kondogbia (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:21, 05.04.2021.
O'qildi: 5060 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.