Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Barselona» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi (videosharh)

«Barselona» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 29-turida «Barselona» 5 aprel, dushanba o‘z maydonida «Valyadolid»ni qabul qildi.

O‘yin davomida mezbonlar ko‘plab vaziyatlarni yaratishdi, ammo ularni golga aylantirishda jamoaga omad yetishmadi. Jumladan, Pedrining olis masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p ustunga tegib qaytdi.

Bahsning 79-daqiqasida "Valyadolid" futbolchisi Plano Dembelening yuziga tepib yuborgani uchun maydondan chetlatildi.

Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol esa uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Usmon Dembele tomonidan kiritildi. Shu tariqa «Barselona» o‘z maydonida qiyin g‘alabaga erishgan holda peshqadam «Atletiko» bilan oradagi farqni bir ochkoga qisqartirdi.

Mazkur g‘alabadan keyin «Barselona»ning ochkolari 65 taga yetdi. Jamoa musobaqa jadvalida «Atletiko»dan keyin ikkinchi o‘rinda. Uchinchi o‘rindagi «Real»ning hisobida 63 ochko bor. «Valyadolid» esa (27) 16-pog‘onani band etgan.

La liga, 29-tur
5 aprel, dushanba
«Barselona» — «Valyadolid» 1:0
Gol: 1:0 – 90 Dembele.
«Barselona»: ter Stegen, Dest (Puch, 87), Mingesa (Arauxo, 63), Langle, Alba, Buskets (Breytueyt, 64), de Yong, Pedri (Moriba, 77), Dembele, Grizmann (Trinkau, 63), Messi.
«Valyadolid»: Masip, Nacho Martines, Bruno Gonsales, Olasa, Yanko (Ervias, 65), Mesa, Alkaras, Plano, Sanches, Gvardiola (Markos Andre, 77), Kodro (Valdo Rubio, 85).
Ogohlantirishlar: Grizmann (28), Bruno Gonsales (40), Mingesa (43), Gvardiola (73), Masip (80), Breytueyt (84).
Chetlatish: Plano (79).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:07, 06.04.2021.
O'qildi: 6681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.