Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Yaypandagi “O‘zbekiston” o‘yingohi FIFA standartlariga mos zamonaviy arenaga aylandi

Yaypandagi “O‘zbekiston” o‘yingohi FIFA standartlariga mos zamonaviy arenaga aylandi

Baho:
+ | -

2021 yilgi mavsumda ilk bor O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan “Turon” futbol klubining uy o‘yingohi hisoblanadigan «O‘zbekiston» arenasi FIFA standartlariga mos xolga keltirildi. Xususan o‘yingohda 4x8 m o‘lchamda ulkan “UZLED” elektron monitori hamda  yorug‘lik darajasi 2000 lyuks bo‘lgan “Philips” svetodiod yoritish tizimlari o‘rnatildi, shuningdek 3500 o‘rinli qo‘shimcha tribunalar qurib bitkazildi.

Mo‘jazgina O‘zbekiston tumanining Yaypan shaharchasida olib borilayotgan ushbu bunyodkorlik ishlari «Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash» shiori ostida jami 45 kun davomida qurib bitkazildi. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ezgu islohotlar samarasi natijasida bugungi kunda yurtimizning barcha xududlarida shu kabi ko‘ngilochar maskanlar, sport ob’ektlari va muhtasham binolar qad rostlamoqda.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston tumani hokimi Sherzod Yuldashevlarning bevosita qo‘llab-quvvatlashlari natijasida endilikda Yaypan shahrida «O‘zbekiston» nomi bilan ataladigan zamonaviy sport arenasi foydalanishga topshirildi.

O‘yingoh xududida futbol uchrashuvlarini tomosha qilish uchun tashrif buyuradigan muxlislar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan «Turon» futbol klubi brendi aks ettirilgan turli mahsulotlar savdosi «TURON SHOP» do‘koni tarmog‘i orqali tashkil etilmoqda.

«Turon» futbol klubi jamoasi qo‘llab-quvvatlab turgan barcha mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligini izhor qiladi.

Manba: fcturon.uz
Kiritildi: 06:32, 06.04.2021.
O'qildi: 4660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик