Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

«Barselona» TOP-5 chempionatlari klublari ichida birinchi

«Barselona» TOP-5 chempionatlari klublari ichida birinchi

Baho:
+ | -

«Barselona» La Liganing 29 turi doirasida, «Kamp Nou»da «Valyadolid»ni kichik, 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdagi yagona golga 90 daqiqada Usman Dembele mualliflik qildi.

Ushbu natijadan so‘ng, «Barselona» La Liga doirasidagi ketma-ket 19 o‘yinda ham mag‘lub bo‘lmadi va bu borada kuchli beshlik chempionatlari klublari ichida eng yaxshi natija qayd etdi.

Ayni paytda ushbu ko‘rsatgich joriy mavsum TOP-5 ligalaridagi eng uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriya bo‘lib turibdi.

Qayd etish mumkin, ayni paytda Kataloniya klubi 65 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab, peshqadam «Atletiko»dan 1 ochko ortda qolmoqda. Uchinchi pog‘onadan esa bugungacha 63 ochko jamg‘argan «Real Madrid» o‘rin olgan.

Manba: sport.24
Kiritildi: 09:54, 06.04.2021.
O'qildi: 8290 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик