Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Mirjalol Qosimov: «Imkon qadar kamroq xato qilib, yuzaga keladigan vaziyatlardan maksimal foydalanishimiz zarur»

Mirjalol Qosimov: «Imkon qadar kamroq xato qilib, yuzaga keladigan vaziyatlardan maksimal foydalanishimiz zarur»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Al-G‘arafa" - AGMK uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi va unda olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimovga ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: "Avvalambor anjumanga yig‘ilgan ishtirokchilarga Assalomu alaykum! Arabcha tushunmasam ham, boshlovchi tomonidan bildirilgan iliq so‘zlar uchun minnatdorchilik bildiraman.

AGMK jamoasining maqsadi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish. Klub infratuzilmasi ham oxirgi yillarda aynan shu maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan. Qolaversa, O‘zbekistonda futbolni juda ham qattiq yaxshi ko‘rishadi va mamlakatimizda futbol ishqibozlari juda ham ko‘p. AGMK Olmaliq shahridagi jamoamizning ashaddiy muxlislari uchun ham borini berib harakat qiladi. Shuningdek, xalqaro maydondagi ishtirok payti O‘zbekistondagi barcha ishqibozlar ham bizga befarq bo‘lishmaydi, deb o‘ylayman.

Klub rahbariyati AGMK jamoasi katta maqsadlar sari intilishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Shu boisdan ham jamoamiz ishonchni oqlashga harakat qiladi.

Allohga behisob shukur, Qatarga yaxshi niyatlar bilan kelganmiz. "Al-G‘arafa" yaxshi jamoa. Raqibni o‘rganib chiqdik. Garchi "Al-G‘arafa" ichki chempionatida yaxshi ishtirok etolmayotgan bo‘lsa-da, jiddiy raqib. Kuchli mutaxassis qo‘l ostida yuqori malakali futbolchilar yig‘ilgan. Qolaversa, legionerlari, xususan Ku Ja Chol, Gedeyra, Xanni va Moreno kabi individual kuchli ijrochilar mavjud.

Raqibning o‘yinlari tasvirini ko‘rib chiqdik. Biz avvalambor o‘z o‘yinimizdan kelib chiqib harakatlanamiz. Bu guruh bosqichi emas, balki bir o‘yindan iborat bahs. Qiyin tarafi shu. Bu nafaqat biz uchun, balki "Al-G‘arafa" uchun ham kichik muammo. Bu futbol. Nima bo‘lishini ertaga ko‘ramiz.

Eng muhimi, o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Futbolchilarimiz o‘yinning qiymati naqadar yuqori ekanligini yaxshi his etib turishibdi. Biz nafaqat jamoamiz sha’ni, balki o‘zbek klublarining xalqaro maydondagi avvalgi mavqeini qaytarish uchun ham kurashamiz. Chunki oxirgi yillarda OFKda reytingimiz tushib ketgan. Avvallari 3ta o‘zbek klubi guruh bosqichidan ishtirok etardi. Hozir esa bu ko‘rsatkich "1+1"ga aylangan.

Hali ta’kidlaganimdek, ertangi bahs bir uchrashuvdan iborat. Shu boisdan ham bo‘lajak bellashuvda imkon qadar kamroq xato qilib, yuzaga keladigan vaziyatlardan maksimal foydalanishimiz zarur".

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 17:30, 06.04.2021.
O'qildi: 6612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.