Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Bunyodkor» Rossiya premyer ligasi a’zosi bilan hamkorlikni boshlaydi

«Bunyodkor» Rossiya premyer ligasi a’zosi bilan hamkorlikni boshlaydi

Baho:
+ | -

Kuni kecha Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegasiya yurtimizga tashrif buyurdi. Tashrifdan  ko‘zlangan asosiy maqsad 5-7 aprel kunlari Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar markazida o‘tkaziladigan xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish. Unda ishtirokchi mamlakatlar va kompaniyalar o‘rtasida sanoat kooperasiyasini kengaytirish, sanoatni rivojlantirish va qo‘shma korxonalar tashkil etishning yangi imkoniyatlarini ko‘rib chiqiladi. 

Bugun Toshkent shahar hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashi sport sektori rahbari Dilshod Haitmetov hamrohligida Sverdlovsk viloyati jamoat palatasi raisi, o‘z vaqtida «Ural» futbol klubida vise-prezident lavozimida faoliyat yuritgan Levin Aleksandr Yuryevich «Bunyodkor» futbol klubiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni «Bunyodkor» direktori Ulug‘bek Mirzayev kutib oldi

Martabali mehmon tashrifni «Bunyodkor» akademiyasidagi sharoitlar bilan tanishishdan boshladi. So‘ng asosiy jamoamizning mashg‘ulotlarini kuzatgan rossiyalik mehmonlar «Bunyodkor» stadioni va muzeyini ham ko‘zdan kechirishdi. Klubimiz direktori, Aleksandr Yuryevichni o‘zbek futboli bilan tanishtirar ekan, o‘z navbatida martabali mehmon o‘z zukkoligi bilan mezbonlarni ajablantirdi. Ya’ni u sobiq Ittifoq chempionatida mamlakat yetakchilarining «bosh og‘rig‘i» bo‘lgan xalq jamoasi - «Paxtakor» va uning o‘yinchilarini, xususan, Gennadiy Krasniskiy haqida yaxshi bilishini aytib o‘tdi. Qolaversa, mustaqillik yillarida o‘zbek futboli erishgan yutuqlarini ham esladi. Shuningdek, o‘z vaqtida jahon yulduzlari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining Toshkentga tashrifi, Rivaldo kabi «Oltin to‘p» sohibini «Bunyodkor» libosida to‘p surganini ham yod oldi.

Ma’lum muddat Rossiya premyer ligasi ishtirokchisi bo‘lgan  jamoada vise-prezident lavozimida ishlagan, katta futbolning havosini tushungan Aleksandr Yuryevich bilan «Bunyodkor» va «Ural»ning o‘zaro hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, har ikkala klubning akademiya jamoalari navbati bilan Toshkent hamda Yekaterinburg shaharlariga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi. Xabaringiz bor, 2020 yil «Bunyodkor» tashkil topganiga 15 yil bo‘ldi. Katta tantanalar bilan nishonlash maqsad qilingan mazkur yubiley pandemiya sababli qoldirilgan edi. Aleksandr Yuryevich bilan uchrashuv chog‘ida 15 yillik yubiley yana esga olindi va tadbirga «Ural» jamoasining asosiy tarkibi kelishi bo‘yicha dastlabki muzokaralar o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, Aleksandr Yuryevich o‘z safida turli terma jamoalarning a’zolari bo‘lgan «Ural»ning Toshkentga to‘liq tarkib bilan kelishini xohlashini aytib, mazkur tadbirni FIFA kunlarida o‘tkazmaslikni so‘radi. Aks holda asosiy o‘yinchilar terma jamoalariga jo‘nab ketishi bois, O‘zbekistonga eng kuchli tarkib bilan kela olmasligini ta’kidladi. 

Uchrashuv yakunida rossiyalik mehmon Ulug‘bek Mirzayev boshchiligidagi «Bunyodkor» delegasiyasini Yekaterinburgga taklif qildi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 18:00, 06.04.2021.
O'qildi: 5104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.