Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Ilhom Mo‘minjonov: «Pressing evaziga 2ta gol urib oldik»

Ilhom Mo‘minjonov: «Pressing evaziga 2ta gol urib oldik»

Baho:
+ | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov Pro-liganing 3-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Istiqlol"ga qarshi o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Bugungi raqibimizni o‘rganib chiqqan holda o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibimiz tarkibida iqtidorli ijrochilar harakatlanishdi. Lekin biz yuqori pressing qo‘llab, 25-daqiqaga kelib 2 ta gol kiritishga erishdik. Shundan keyin futbolchilarimiz biroz bo‘shashishdi va birinchi bo‘lim oxirida to‘p nazorati "Istiqlol" jamoasiga o‘tdi.

Ikkinchi bo‘limda yigitlarimizning o‘yini ancha faollashib, bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratdik. Lekin, bundan unumli foydalana olmagan bo‘lsakda, yakunda 2:0 hisobida g‘alaba qozondik va bu g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklab qolaman.

Jamoamiz tarkibida 25 futbolchi ro‘yxatdan o‘tgan va ularning har biri bir xil saviyaga ega. Hozirgi kunda jamoada raqobat ancha kuchli. Shuning uchun, kimdir jismoniy, yana kimdir taktik va ruhiy jihatdan tayyor bo‘lsa, o‘sha o‘yinchilar maydonda harakatlanmoqda.

Chempionatimiz hali uzoq davom etadi. Otabek Zokirov, Abdul Aziz Yusupov va qaydnomaga kiritilmagan qolgan o‘yinchilar hali bizga ko‘p yordam berishadi.

Birinchi o‘yinda e’tibor bergan bo‘lsangiz dastlabki 30 daqiqada yuqori pressing qo‘llab, 3ta gol kiritishimiz kerak edi. Yangiyerdagi o‘yinda ham aynan pressing usulini qo‘llab tezkor gol urdik. To‘g‘ri, keyinchalik gol kirita olmagan bo‘lsak ham ko‘pgina golli vaziyatlarni yaratishga erishdik va hisobni yirik ko‘rinishiga olib kelishimiz mumkin edi.

Afsuski, bugun hujumchimiz Marko Obradovich gol ura olmadi, lekin keyingi uchrashuvlarda unga albatta omad kulib boqadi, deb umid qilib qolamiz", — dedi Mo‘minjonov.

"Neftchi" FK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 23:18, 06.04.2021.
O'qildi: 1783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик