Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Endi O‘zbekiston terma jamoasi va OCHL bahslarini UzREPORT va FUTBOL TV namoyish etadi

Endi O‘zbekiston terma jamoasi va OCHL bahslarini UzREPORT va FUTBOL TV namoyish etadi

Baho:
+ | -

UzREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallari bir necha yillardan beri Jahon va Yevropaning eng muhim va qiziqarli futbol musobaqalarini muxlislar e’tiboriga jonli efirda taqdim qilib kelayotganidan xabaringiz bor.

Millionlab o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining talab va istaklarini inobatga olib, UzREPORT TV telekanali O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda o‘zbek klublari ishtirok etadigan rasmiy musobaqalar, ya’ni Jahon chempionati saralashi, Osiyo Kubogi, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlari, Osiyo chempionlar ligasi, OFK Kubogi translyasiya huquqini xarid qildi.

Endilikda yurtimizdagi muxlislar milliy hamda U-23 terma jamoamizning Jahon chempionati saralash o‘yinlari va Osiyo chempionatidagi ishtiroklarinini, shuningdek, Osiyo Kubogidagi uchrashuvlarini, o‘zbek klublarining OCHLdagi ishtiroklarini sevimli sharhlovchilari bilan birgalikda UzREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallarida jonli efirda tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun, kelasi yil o‘tkaziladigan U-23 Osiyo chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Shuningdek, futzal ishqibozlari ham telekanallarimiz orqali Osiyo chempionati finallarini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, ayollar futboli ishqibozlari ham UzREPORT TV hamda FUTBOL TV orqali ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘yinlarini kuzatib borishlari mumikin.

UzREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallari tomonidan translyatsiya huquqi xarid qilingan musobaqalar:

1) Osiyo Kubogi-2023

2) JCH-2022 Osiyo saralashining so‘nggi bosqichi

3) U-23  Osiyo chempionati (2022 va 2024)

4) Ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi-2022

5) OFK Birdamlik Kubogi 2024

6) OFK chempionlar Ligasi 2021, 2022, 2023 va 2024-yilgi mavsum (guruh bosqichi, pley-off bosqichi va final)

7) OFK Kubogi 2021, 2022, 2023, 2024 (guruh bosqichi, pley-off bosqichi va final)

8) U-20 Osiyo chempionati-2023 finali

9) U-17 Osiyo chempionati-2023 finali

10) Ayolar o‘rtasidagi U-20 Osiyo chempionati -2022 va 2024 finallari

11) Ayollar o‘rtasidagi U-17 Osiyo chempionati -2022 va 2024 finallari

12) Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2022 va 2024 finallari

13) Futzal bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2021, 2022, 2023 va 2024 yilgi finallar.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 19:16, 07.04.2021.
O'qildi: 4059 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.