Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Videoyozuvga nisbatan «Navbahor» vakillarining munosabati

Videoyozuvga nisbatan «Navbahor» vakillarining munosabati

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Coca Cola Superliga 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” (1:2) uchrashuvidan keyin har ikki jamoa kiyinish yo‘lakchasida yuz bergan hodisalar bo‘yicha videoyozuv tarqatilib, unda asosiy aybdor sifatida “Navbahor” vakillari ko‘rsatilishgandi. Mazkur hodisa bo‘yicha jamoa vakillari o‘z fikrlarini bildirishdi.  

Mustafo Bayramov (“Navbahor” klubi texnik direktori): — “Paxtakor” bilan o‘yinda Sardor Rashidov yiqilgan payt hakam o‘yinni davom ettirishni ko‘rsatganida, “Paxtakor” murabbiyi Gocha Tkebuchava to‘rtinchi hakamning yoniga yugurib borib, unga bosim uyushtirishga urindi, u bu qilig‘i bilan nafaqat hakam, balki tribunadagi muxlislarni ham provokasiya qildi. Men uning yoniga borib, buning noto‘g‘riligi, joyiga o‘tirib olishi kerakligini aytdim. Shuningdek, zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan Eldor Suyunov ham o‘zini noto‘g‘ri tutdi, quyushqondan chiqdi. Zaxira hakamiga murojaat etib, ularni tinchlantirishini so‘radim. Hakamlar va komissar joyimga o‘tirib olishim kerakligini aytishgandi, ularning aytganini qildim. O‘yin yakunlanganidan keyin tribunaosti yo‘lakchasiga kirib ketayotganimizda, “Paxtakor” futbolchilari birinchi bo‘lib har xil nojo‘ya qiliqlar, kurakda turmaydigan haqoratlar bilan atrofdagilarga provokasiya qilishga urinishdi. Ularni tinchlantirishga urinib, tezroq kiyinish xonasiga kirib ketishlari kerakligini aytdim. Vaziyatni tushunib turgandik, hammasi xotirjam tarzda, og‘ir-bosiqlik bilan hal qilinishini xohlagandik. Shu va o‘yinga taalluqli boshqa omillar bo‘lmaganida, biz ham hech kimga e’tiroz bildirmasdik.    

Sherzod Jo‘rayev (“Navbahor” jamoasi murabbiyi): — Avvalambor, barchani yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman. “Paxtakor” bilan o‘yindan keyin ro‘y bergan voqealar haqida xolisona gapiradigan bo‘lsam, uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, “Paxtakor” futbolchilarining kiyinish xonasiga kirib ketayotganda gapirgan xunuk gaplariga hech kim chidab turolmasdi. Aslida, provokasiyani “Paxtakor” futbolchilari boshlashdi, ularning ko‘pchilikning onasini so‘kkanini o‘z qulog‘im bilan eshitdim, buni raqib jamoa a’zolari ham eshitishdi. Bundan tashqari, “Paxtakor” futbolchilaridan biri: “Bular odammas” deganini ham eshitdim. Tabiiyki, bunday haqoratli gaplar hech kimga yoqmaydi va bunga chidab turish osonmas. Futbolimiz bosh tashkilotidagi mutasaddilardan, albatta, shu holatlarni ham inobatga olishlarini so‘rab qolamiz.

Azimjon Ahmedov (“Navbahor” jamoasi sardori): — O‘sha o‘yindan keyin kiyinish xonasiga kirib ketayotganimda, tribunaosti yo‘lakchasida qandaydir baqiriqlar eshitildi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, qarasam, “Paxtakor” futbolchilari haqorat qilishgani uchun o‘sha yerda turgan jamoamizning ayrim vakillari ularga e’tiroz bildirishayotgandi. Jamoa sardori sifatida ularni tinchlantirish maqsadida, ajratishga harakat qildim.

Chunki “Paxtakor”da ko‘plab do‘stlarim bor. Ammo ayrim ijtimoiy tarmoqlarda men haqimda turli isbotsiz gaplar yuribdi, ya’ni, go‘yoki men maydonda emas, o‘sha janjalli vaziyatda o‘zimni ko‘rsatgan emishman. Bular bo‘lmag‘ur gaplar hamda o‘sha vaziyatda har ikki tomonni tinchlantirishga intildim.

Ivan Solovyov (“Navbahor” jamoasi yarim himoyachisi):  — O‘yindan keyin kiyinish xonasiga kirib ketayotganimda, raqib futbolchilari tarafidan muxlislar sha’niga turli haqoratli so‘zlar yangradi. Albatta, bu so‘zlar har qanday kishining hamiyatiga tegishi, jahlini chiqarishi aniq edi. Shu bois, men raqib jamoa a’zolariga o‘z e’tirozimni bildirdim. Shundan so‘ng, o‘sha yerda turgan jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari barchani tinchlantirishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:41, 10.04.2021.
O'qildi: 5104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.