Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Anvar Jo‘rayev: «Maqsadimiz aniq — «Buxoro»ni superliga qaytarish»

Anvar Jo‘rayev: «Maqsadimiz aniq — «Buxoro»ni superliga qaytarish»

Baho:
+ | -

Ertangi «Yangiyer»ga qarshi bahs oldidan «Buxoro» yarim himoyachisi Anvar Jo‘rayevga bir necha savollar bilan yuzlandik.

— Anvar, «Olimpik» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda ushbu mavsumdagi ilk uchrashuvingizni o‘tkazdingiz. Ushbu o‘yin haqida qisqacha fikringiz.
— Ha men 22-29 mart kunlari O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Turkiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda ishtirok etib, so‘ngra jamoam safiga kelib qo‘shildim va «Olimpik»ga qarshi bahsda boshlang‘ich tarkibdan joy oldim. Bu mening «Buxoro» safida ushbu mavsumdagi ilk uchrashuvim bo‘ldi.

Biz har qanday raqibga qarshi jiddiy tayyorlanamiz, «Olimpik» ham shu qatorda. Murabbiyimiz har doim bir narsani takidlaydilar: maqsadimiz Superligaga chiqish ekan, raqibni katta kichikligiga qaramasdan, uni hurmat qilgan holda jiddiy qarash kerak, barcha uchrashuvlarda faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushish kerak, deydilar. O‘yinga kelsak, shiddatli bahs bo‘ldi, hisobda oldinga chiqib olgach, qarshi hujumda harakat qildik. Bir qancha yaxshi vaziyatlardan foydalana olmagan bo‘lsakda, o‘yin so‘ngiga kelib ikkinchi golni kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Maqsad sari intilishdan to‘xtamaymiz, maqsad esa aniq — «Buxoro»ni superliga qaytarish!

— 3 turda, 3 g‘alaba qo‘lga kiritildi, jamoa ichki muhiti qay darajada?
— Umuman olganda, barcha futbolchilar, murabbiylar shtabi va jamoa rahbariyati katta bir ahil oilaga aylangan. Jamoamizda o‘ziga ishongan yaxshi, ajoyib futbolchilar yig‘ilgan, har bir g‘alabadan keyin, o‘zimizga bo‘lgan ishonch tobora oshib bormoqda. Bosh murabbiyimiz Davron Orifovich har bir uchrashuv yakunlangach bizga bo‘lib o‘tgan o‘yinni unutib, barcha fikri xayolimizni keyingi bahsga qaratishimizni uqtiradilar. Qisqasi har bir o‘yinda, faqat va faqat g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.

— Ertaga «Yangiyer» jamoasi mehmoni bo‘lasizlar.
— Shunday, ertaga «Yangiyer» bilan kuch sinashamiz. Raqibni yaxshilab o‘rganib chiqdik, ushbu o‘yinga 100 foiz tayyormiz. Ertaga yana bir bor qadrdon muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 22:14, 10.04.2021.
O'qildi: 2629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик