Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

«Real» mavsumdagi ikkinchi «el-klasiko»da ham g‘alaba qozondi

«Real» mavsumdagi ikkinchi «el-klasiko»da ham g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida «Real» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Kataloniyaliklar o‘z uslublariga sodiq qolgan holda to‘p nazoratiga e’tiborni qaratishdi. Ular 10-daqiqada hisobni ochishlari ham mumkin edi. Ammo Alba tomonidan darvoza oldida ochiq turgan Dembelega yetkazilgan uzatma yo‘nalishini Kurtua o‘zgartirdi va xavfni bartaraf etdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida "Real" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Valverde-Lukas Vaskes-Benzema kombinasiyasidan so‘ng Karim tovoni bilan "Barsa" darvozasini ishg‘ol qildi. Juda chiroyli gol.

Oradan 14 daqiqa o‘tib Zidan shogirdlari yana bir xavfli qarshi hujum tashkil qilib, jarima zarbasi ishladi. Toni Kroosning zarbasidan keyin to‘p Destga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Darvoza chizig‘i ustida turgan Alba ham to‘pni qaytara olmadi — 2:0.

Bahsning 34-daqiqada "qaymoqranglilar" to‘qnashuv taqdirini hal qilib qo‘yishlari mumkin edi. Yana bir ideal hujum va Valverdening zarbasidan so‘ng to‘p olis ustunga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga Lukas Vaskes zarba berdi — ter Shtegen qaytardi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Messi burchak zarbasini shunday tepdiki, to‘p Kurtuaning ustidan oshib o‘tib, ustunga tegib, maydonga qaytdi.

Ikkinchi taymda Kuman maydonga himoyachi Dest o‘rniga Grizmanni tushirib, o‘yinga o‘zgartirish kiritdi. Bu esa o‘z samarasini bera boshladi. Bahsning 60-daqiqasida Alba chap qanotdan yetkazgan uzatmani Antuan oyoqlari orasidan o‘tkazib yubordi va Mingesa darvozani ishg‘ol qildi — 2:1.

Oradan 1 daqiqa o‘tib "Real" uchinchi golni urishi mumkin edi. Vinisius jarima maydoniga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Arauxo orqali ustunga tegib, maydonni tark etdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa katta sahnaga Kurtua chiqdi. Aks holda hisob tenglashishi mumkin edi.

Uchrashuvning 71-daqiqasida "Barsa" qarshi hujumga o‘tdi va Mingesa o‘ng qanotdan kuchli zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi.

O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida bahsli vaziyatga yuzaga keldi. Ferlan Mendi o‘z maydonida ichida Breytueytning qo‘lidan tortib yiqitdi. Hakam hushtak chalmadi, VAR ham penalti yo‘q deya ta’kidladi.

So‘nggi daqiqalarda Kazemiro ketma-ket ikkita sariq kartochka tufayli maydonni tark etdi. Qo‘shib berilgan eng so‘nggi 4-daqiqada Moriba tomonidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi. Hujumga yetib kelgan Ter Shtegen yo‘llagan zarbadan so‘ng to‘p Trinkauga tegib qaytdi.

Mana shunday vaziyatlarga boy bo‘lgan o‘yinda "Madrid" g‘alaba qozonib, o‘z ochkolarini 66taga yetkazgan holda peshqadamga aylandi. "Barsa" hisobida esa 65 ochko mavjud.

Ispaniya La ligasi, 30-tur
Real Madrid – Barselona 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 13 Benzema, 2:0 – 28 Kroos, 2:1 – 60 Mingesa.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Militao, Nacho, Vaskes (Odriosola, 43), Modrich, Kroos (Isko, 72), Valverde (Asensio, 61), Kazemiro, Vinisius Junior (Marselo, 72), Benzema (Mariano Dias, 72).
Barselona – ter Stegen, Dest (Grizmann, 46), Mingesa, Arauxo (Moriba, 72), Alba, Dembele (Breytueyt, 81), Buskets (Serdji Roberto, 64), Pedri (Trinkau, 81), de Yong, Langle, Messi.
Ogohlantirishlar: Pedri (23), Arauxo (26), Nacho (69), Alba (84), Kazemiro (89).
Chetlatish: Kazemiro (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:58, 11.04.2021.
O'qildi: 3851 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.