Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Qahramon Aslanov maqolasi: Zidan ijrosida «Quyon ovi» davom etadi

Qahramon Aslanov maqolasi: Zidan ijrosida «Quyon ovi» davom etadi

Baho:
+1 | -

Murabbiy Zidanning eng katta yutug‘i sifatida muhim o‘yinlarga yaxshi tayyorlana olishini aytishadi. Mana bugun, go‘yoki Benzemaning mahorati, rikoshet gol «Real»ga omad keltirgandek, ammo agar chuqurroq qaralsa, bu ustunlikning ortida murabbiyning ayniqsa, birinchi taymda ish bergan rejasi yotganini ko‘rish mumkin.

«Real» boshlang‘ich 4-4-2 sxemasida joylashgan bo‘lsa-da, himoyalanayotganda Valverde o‘ng qanot himoyachisiga, u yerdagi Vaskes esa, uchinchi markaziy himoyachiga aylandi. Natijada to‘psiz holatda 5-3-2 hosil bo‘lib,  agar Messi chap qanotga qo‘shilsa, Modrichga u bilan personal o‘ynash vazifasi topshirilgandi. Xuddi shunday holat chap qanot himoyasida Kazemiro bilan amalga oshdi.

Bu mezbonlarning birato‘la ikki muhim muammosini yechdi. Biri «Barselona»ning asosiy ustunligini yo‘qqa chiqargan bo‘lsa, ikkinchisi «Real»ning kamchiligini yopdi.

Birinchidan, «Barselona»ning eng xavfli quroli Alba deyarli hujumdan uzib qo‘yildi. Valverde shunchaki, qanotga joylashibgina qolmasdan, Alba bilan personal o‘ynadi. Taym boshidagi bir vaziyatni aytmasa, Jordi hujumda hech narsa qila olmadi.

Ikkinchidan, Varan kasal bo‘lib qolgach, markaziy himoyada Militao - Nacho juftligi yangi, eng nozik nuqta ekani hammaga ma’lum. Uchinchi markaziy himoyachi qo‘shilishi son jihatdan bo‘lsa-da, zonani yopishda yordam berdi. Ancha erkin va agressiv harakat qiladigan Nachoda 14-hududda yanada faol kurashlarga qo‘shilish imkoniyati yaratildi ham.

Zidanning bir o‘q bilan urgan «uchinchi quyoni» esa, qarshi hujum paytida Valverde va Vaskes tomonidan Albaning «echintirilgani» bo‘ldi. Ikkinchi shunday urinish Benzemaning chiroyli goli bilan yakunlandi.

2-taymda vaziyatning o‘zgarishiga, bir, Vaskesning jarohati, ikki, Kumanning sxemani o‘zgartirgani sabab bo‘ldi. Grizmann chiqishi bilan mehmonlar 4-3-3 ga o‘tdilar va endi,  «Barselona» qanotlarida ham muntazam ikki futbolchi paydo bo‘la boshladi. Endi Alba bilan personal o‘ynashning iloji qolmadi. Gol ham aynan yana Albaga qaytgan erkinlik yordamida sodir bo‘ldi. Katta hajmdagi ishni bajargan Valverdening goldan keyin darhol almashtirilgani ham shundan - Zidan raqibning o‘zgarishlariga javob berishi edi.

Xullas, o‘yin oxirida durang ham bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, taktik kurashda yana Zidan yutdi. Ideal birinchi taym o‘yin taqdiriga yaxshi poydevor qo‘ygandi.

Alohida top-o‘yinlarga Zidan ajoyib rejalar, syurprizlar tayyorlashi bilan bir qatorda, futbolchilarning bu rejalarni deyarli to‘liq bajarayotgani va natija keltirayotgani alohida tahsinga loyiq. «Real» ushbu mavsumda 9 marotaba top-raqiblarga ("Atletiko", "Barselona", "Inter", "Atalanta", "Liverpul") qarshi o‘ynagan bo‘lsa, 8 tasida g‘alaba qozondi. Bir durang.

Bu nima degani? «Quyon ovi» davom etadi. Shalponquloq Chempionlar Ligasi, qoch, «Real» kelyapti, degani...

Qahramon ASLANOV.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 06:01, 11.04.2021.
O'qildi: 5192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.