Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel APL 31 turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Birinchi bo‘lim dahshatli tempda o‘tdi. Yigitlar g‘alabaga chanqoq. Ko‘p vaziyatlarda ancha agressiv o‘ynab yubordik. Uchrashuvning katta qismini to‘p nazorati bilan o‘tkazdik.
Menimcha, o‘yinga mos hisob bo‘ldi. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng vaziyatga to‘g‘ri munosabat bildira oldik. Aslida bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi», - deydi Tuxel.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» 54 ochko to‘plab Premyer-ligada 4 o‘rinda ketmoqda.