Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Diyor Imomxo‘jayev: “Bizda tarafkashlik yoki adolatsizlikka o‘rin yo‘q”

Diyor Imomxo‘jayev: “Bizda tarafkashlik yoki adolatsizlikka o‘rin yo‘q”

Baho:
+ | -

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi Navbahor — Paxtakor uchrashuvi borasida chiqargan qaroridan so‘ng O‘zPFL bosh diretori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegram kanaliga quyidagicha post joyladi.

“FootWeek loyihasining Navbahor — Paxtakor o‘yiniga atalgan qismini ko‘rib chiqdim. Sizga ham tavsiya qilaman.

Bu yerdagi muhim nuqtalardan biri viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqovning uchrashuvni qanday tomosha qilib borishi, futbolchilarni qanday tanishi va jamoadagi muhit haqida qanchalik bilishi. Futbolchilarni tanishtirish marosimidagi kabi klubni Realga qiyoslash yana bir bor aytilgan. Biror jamoa Realga o‘xshasa albatta zo‘r. Chunki klub juda kuchsizlangan holida ham klasikoni o‘z foydasiga hal qilishi yoki Liverpulni o‘z uslubida yutaverishi, indamay chempionlik uchun kurashib yuraverishi mumkin.

Vodiygacha yo‘llar ham, vodiy taomlari ham, vodiydagi futbol va uning atmosferasi ham go‘zal. Bizning vazifamiz mana shu go‘zallikka dog‘ tushirmaslik.

Barcha futbol ixlosmandlaridan Ramazon oyida gina va qudratlarni unutishni so‘rayman. Biz barchamiz bir yo‘nalishda birlashganimizda kuchmiz. Sizni ishontirib aytamanki, men rahbarlik qilayotgan tashkilotda tarafkashlik yoki adolatsizlikka o‘rin yo‘q. Biz bunday ishlardan qo‘rqamiz. Va albatta talab hamma uchun barobar ekanini ham aytamiz. Muhimi yuzimiz O‘zining oldida yorug‘ bo‘lishi, qolgan hammasi o‘tkinchi narsalar.

Har bir oilada harakteri o‘zgacha, boshqalarnikiga o‘xshamaydigan kimdir bo‘ladi. Oila uni boricha qabul qilishga intiladi. Biz Navbahorni shunday yaxshi ko‘ramiz. Va u ham qolganlar kabi shu oila a’zosi ekanini unutmasligi kerak”, - degan Imomxo‘jayev.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:36, 13.04.2021.
O'qildi: 3510 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик