Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Mirjalol Qosimov: "Al Hilol" nomdor jamoa, raqibni hurmat qilamiz, ammo ulardan qo‘rqmaymiz"

Mirjalol Qosimov: "Al Hilol" nomdor jamoa, raqibni hurmat qilamiz, ammo ulardan qo‘rqmaymiz"

Baho:
+ | -

OCHL "A" guruhi 1-tur doirasidagi "Al-Hilol" — AGMK uchrashuvidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan birgalikda futbolchi Yovan Jokich qatnashdi.

Mirjalol Qosimov: "Avvalambor Assalomu alaykum! Barcha musulmon ahli va yurtdoshlarimizni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan qutlayman. Hammaga sihat-salomatlik va omad tilayman. Ertaga AGMK jamoasi uchun yangi sahifa ochilmoqda. Jamoamiz ilk bor OCHL guruh bosqichida ishtirok etadi. Maqsad guruhdan chiqish. Guruh bosqichi yakunida to‘plangan ochkolarga qarab kim qaysi o‘rinni olishini bilib olamiz".

— AGMK Saudiyaga kelishidan avval OCHL pley-off doirasida o‘ynadi. Bu holat jamoaning tiklanish jarayoniga qay darajada ta’sir qiladi?
— Jamoamiz bu yerga kelishdan avval muhim va murakkab kechgan o‘yinda qatnashdi hamda bu oralig‘da yo‘l, parvozlar. Qatarga bordik va u yerdan Toshkentga qaytib, so‘ngra Saudiya Arabistoniga keldik. Lekin bu biz uchun bahona bo‘lib qolishi kerak emas. Bu yerga yaxshi niyatlar bilan keldik. O‘ylaymanki, bu jihat u qadar katta ta’sir o‘tkazmaydi.

— Ramazon oyi futbolchilarga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylaysiz?
— Bu ta’sir qilmaydi. Orada vaqt bor. O‘yinlar iftorlikdan keyin mahalliy vaqt bilan kechki 22:00ga belgilangan. Bu vaqt ichida futbolchilar tiklanib olishadi.

— "Al Hilol" bilan o‘yinda jamoangizdan nimani kutyapsiz?
— Har bir murabbiy jamoasidan yaxshi natija kutadi. Bu oson bo‘lmasligini bilib turibmiz. "Al Hilol" nomdor jamoa. Raqibni hurmat qilamiz, ammo qo‘rqmaymiz. AGMK ushbu musobaqaga yaxshi niyatlar bilan yetib keldi. O‘ylaymanki, jamoamiz chiroyli o‘ynab, g‘alabaga intiladi.

Yovan Jokich: "Ertaga juda ham qiyin o‘yin bo‘ladi. Biz muhim uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘ramiz. Umid qilamanki, ertangi bahs biz uchun omadli bo‘ladi".

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 20:17, 14.04.2021.
O'qildi: 6777 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.