Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Ture orzusidagi jamoada murabbiy bo‘lib ishlash niyati borligini aytdi

Ture orzusidagi jamoada murabbiy bo‘lib ishlash niyati borligini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» va «Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Yaya Ture murabbiy sifatida «ko‘k-anorranglilar» safiga qaytishni istayotgani haqida ma’lum qildi.

«Murabbiylik kursini tugatyapman. Men uchun «Barsa» orzuimdagi joy. Bilmadim, «Barsa B»« yoki akademiya bo‘ladimi, lekin «Barselona«»da ishlashni xohlayman. La Masiyada ishlagan bo‘lardim - Kataloniyada hali ham uyim bor.

«Barselona»da meni qattiq hurmat qilishar va e’zozlashgan. U yerdan ketish juda qiyin qaror bo‘lgandi. U yerda men uchun kerak bo‘lgan barchasi - futbol, hayot, ob-havo mavjud. Eng yaxshi futbolchilar yonida to‘p tepganman, Xavi, Inyesta — shuning uchun har doim yana «Barselona»da bo‘lishni istab kelaman», — dedi Ture.

Ivuarlik «Barselona» safida 2007-2010 yillar davomida harakat qilgan. Hozirda Doneskning «Olimpik» klubi murabbiylar shtabida ishlab kelmoqda.

Manba: Diario Sport
Kiritildi: 15:05, 17.04.2021.
O'qildi: 2991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.