Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina
16/07 20:00 Neftchi - Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor - Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona - Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv

Mirjalol Qosimov: «Xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik»

Mirjalol Qosimov: «Xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Ikkita har xil bo‘limga guvohi bo‘ldik. Birinchi taymda juda bo‘sh o‘ynadik. Futbolchilarga yutuq oson keladigandek tuyuldi. Bunday munosabat esa birinchi bo‘limda jazosiz qolmadi albatta. Taym so‘nggida standart vaziyatidan gol o‘tkazib yubordik.

Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Qolaversa gol ham urdik. Lekin o‘zimizning xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik. O‘yinga raqibni mensimagandek chiqqandek bo‘ldik. Balki men jamoani ushbu bahsga yaxshi tayyorlay olmadim.

Qolaversa omad biz tomonda bo‘lmadi. Hisob 2:0 ko‘rinishiga kelganida gol urdik va ikkinchi golni ham urgandik.

O‘yin taraflama ham qo‘shgandik. Menimcha, hakam xatosi tufayli golimizni bekor bo‘ldi. Lekin bu mag‘lubiyatga bahona bo‘lishi kerak emas. G‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. O‘zimizning xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik.

Hali oldimizda 4 o‘yin turibdi. Ishlaymiz va vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz.

— Har 3 kunda o‘yin bo‘layotgani tufayli futbolchilarda charchoq alomatlari bugungi o‘yinga ta’sir qildimi?
— Yo‘q, hech qanday charchoq alomatlari yo‘q. Hisobda ortda borayotganda hujum qildik, jismoniy taraflama muammo bo‘lgani yo‘q. Hamma gap miyada, fikrlashda.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 08:44, 19.04.2021.
O'qildi: 4606 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик