Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Florentino Peres: «Futbolni qutqarib qolmasak, 2024 yilga kelib murdaga aylanamiz»

Florentino Peres: «Futbolni qutqarib qolmasak, 2024 yilga kelib murdaga aylanamiz»

Baho:
+1 | -

«Real» prezidenti va Yevropa superligasi raisi Florentino Peres yangi loyiha borasida o‘z fikrlarini bayon qildi.

«Senda faqatgina musobaqa orqali daromad olish imkoniyati qolar ekan, katta uchrashuvlar sonini oshirish istagi paydo bo‘ladi. Superliga esa bizga pandemiya tufayli ko‘rilgan zararlarni kamaytirish imkonini beradi. Ko‘proq katta o‘yinlarda ishtirok etib, ko‘proq pul ishlab olish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz mumkin.

Bu yerda hech qanday fitna bo‘lmadi. Italiya, Angliya va Ispaniyaning top-klublari bunday murakkab vaziyatda qandaydir chora ko‘rishi kerak edi. Faqatgina «Real»ning o‘zi joriy mavsumda 400 million yevro zarar ko‘rdi.

Futbol ham hayotimiz kabi rivojlanishi kerak. U hozirgi hayot rejimiga moslashishi kerak. Axir futbolga bo‘lgan qiziqish pasaya boshladi. Futbolni tomosha qilayotganlar auditoriyasi pasayib bormoqda va shunga mos ravishda teletranslyasiyalar narxi ham tushmoqda.

Futbol – yagona umumjahon sport turi. Televideniye o‘zgarishi kerak. 16-24 yoshdagilar nima uchun futbolga qiziqmayotganini tahlil qilib ko‘rish kerak. Faqat ba’zi o‘yinlar insonlarda qiziqish uyg‘otmoqda. Nimanidir o‘zgartirish kerak.

Shunday holat o‘tgan asrning 50-yillarida ham ro‘y bergan. UYEFA va FIFA Santyago Bernabeu va Yevropa chempionlar kubogiga qarshi bo‘lishgan. O‘shanda bu musobaqalar odamlarni o‘ziga jalb qildimi? Kuchli jamoalarga o‘ynash imkoniyatini bering. Biz buni futbol manfaati uchun qilyapmiz.

Bularning barchasi uchun televideniye pul to‘laydi. Aynan shu narsa pul keltiradi. Pul barcha uchun. Agar yuqoridagilar pul ishlab topsa, u barchaga taqsimlanadi. Chunki biz futbolchilarni sotib olamiz va bir-birimizga yordam beramiz.

«Sevilya» ham Superligada o‘ynashi mumkin. Beshta jamoa esa sport prinsiplari asosiyda Superligaga chiqadi. Bu yopiq emas, ochiq turnir bo‘ladi. Jamoalar sport prinsiplari asosida unda ishtirok etish uchun kurash olib borishadi.

UEFA bizni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Agar biz ko‘proq pul ishlab topsak, bu faqat futbolning manfaati uchun xizmat qiladi. Buni imkon qadar tezroq boshlashimiz kerak. Barchasini FIFA va UYEFA bilan birgalikda muhokama qilmoqchimiz.

UEFA Chempionlar ligasining yangi formati ustida ishladi. Ammo men hech narsani tushunmadim. Biz futbolni qutqarib qolmoqchimiz, futbolni qutqarish esa — demak, barchani qutqarishdir. Yaqin 20 yil xotirjam o‘tsin, unda hech kim 200 million yevro zarar ko‘rmasin.

Biz ishlamayotgan modulni o‘zgartirmoqchimiz. Yangi modulni esa hech kim tushunmaydi. 2024 yilga kelib biz murdaga aylanamiz. Klublar millionlab yevrolardan mahrum bo‘lishdi», – dedi Peres.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:00, 20.04.2021.
O'qildi: 5933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.