Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Legionerlikdan uyga qaytgan futbolchilarimiz

Legionerlikdan uyga qaytgan futbolchilarimiz

Baho:
+ | -

Odatda, futbol davrasida har mavsum ichki birinchiligimizga kelgan legionerlar haqida ko‘p gapiriladi. Lekin bugun xorijda o‘ynab, joriy mavsum chempionatimizga qaytgan hamyurtlarimizga nazar tashlamoqchimiz. Zero, bu yil shunday futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qilishdi. Ayrimlarining xorijdagi faoliyati kutilganidek chiqmagan bo‘lsa, ba’zilari shunchaki, yurtimizga qaytishni lozim topishdi. Ular orasida Superliga va Pro liga jamoalariga joylashganlari ham, jamoasiz qolganlari ham bor. Demak, quyida qaytganlarning ayrimlari haqida gaplashamiz.

Fozil MUSAYEV - «Jubilo Ivata»dan «Turon»ga

Oxirgi 4 mavsumni Yaponiyada o‘tkazgan yarim himoyachi ma’lum tanaffusdan keyin yana O‘zbekiston chempionatida ko‘rinish bera boshladi. 2016 yilgi mavsumdan keyin «Nasaf» bilan xayrlashib, «kunchiqar yurt»ga yo‘ol olgan Fozil Musayev qishki transferlar vaqti «Turon» safiga qo‘shildi. Bu barchamiz uchun kutilmagan holat qaysidir ma’noda, albatta. Zero, Musayev faoliyatini kuchliroq jamoa yoki xorijda davom ettirishi ham mumkin edi. Balki oxirgi yillarda kuzatilgan jarohatlar ham uning tanloviga ta’sir ko‘rsatgandir. «Yaypan jamoasi o‘tishim ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘lishi mumkin. Lekin buni normal holat sifatida qabul qildim. «Turon» - o‘z maqsadiga ega klub. Garchi Superligada debyut qilayotgan bo‘lsakda, jamoa oldiga turnir jadvalida kuchli uchlikka kirish vazifasi qo‘yildi. Ko‘pchilik ishonmasligi mumkin. Mavsum yakunida nima bo‘lishini ko‘ramiz. Klubning oldiga qo‘ygan maqsadi, futbolchilarga yaratib berilayotgan sharoitlar, murabbiylar shtabi, tashkiliy ishlardagi professionallik kabi omillar bu jamoani tanlashimda muhim ahamiyat kasb etdi», - dedi Fozil Musayev yurtimiz OAVga bergan intervyularida. Tajribali yarim himoyachining «Turon» safini to‘ldirishi jamoa uchun katta foyda bersa, ajabmas. Har holda, futbolchi jarohatidan butunlay forig‘ bo‘lib, sport formasini tiklay olsa, maydon markazida yetakchilikni qo‘liga olishi mumkin.

Sanjar SHOAHMEDOV - «Terengganu»dan AGMKga

O‘tgan mavsum Malayziyaning «Terengganu» klubida o‘ynagan Sanjar AGMK bilan shartnoma tuzdi. Mazkur jamoa futbolchi uchun begona emas. Bilasiz, Shoahmedov Olmaliq klubidagi o‘yinlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgandi. 2014 yili Mirjalol Qosimov uni hattoki, milliy jamoaga ham jalb qilgan va futbolchiga Ummon termasi bilan o‘yinda asosiy tarkibda harakatlanish imkoniyatini bergandi. Shoahmedov keyinchalik ham yig‘inlarga jalb qilindi. Shoahmedov balki AGMKga qaytish asnosida milliy jamoaga ham qaytishni o‘ylayotgandir. Bu yo‘lda unga omad...

Humoyunmirzo IMINOV - «Energetik BGU»dan «Paxtakor»ga

«Paxtakor» o‘tgan yilning ikkinchi yarmida Belarus chempionati vakili - «Energetik-BGU»ga ijara kelishuvi asosida berilgan Humoyunmirzoni ortga qaytardi. Jamoa qishda ko‘plab yetakchi futbolchilarni qo‘yib yubordi va Iminov ketganlar o‘rnini to‘ldirishi kerak. To‘g‘ri, Piter Xyuistra hozircha umidli futbolchini asosan zaxiradan maydonga tushirmoqda. Iminovning xorijdagi qisqa muddatli faoliyati o‘zi uchun foydali kechgani, shubhasiz. U milliy jamoaning mart oyi yig‘inida kengaytirilgan tarkibga kiritildi. Ma’lumot uchun, Humoyunmirzo Belarus klubiga yo‘l olishiga qadar O‘zbekiston chempionatida jami 6ta o‘yinda maydonga tushib, 368 daqiqa harakatlangan edi. Umuman, 21 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum «Paxtakor»da porlashi kutilayotgan futbolchilardan biridir.

Alisher AZIZOV - «Shayx Russel»dan «Rubin»ga

Tajribali hujumchi  O‘zbekistonda so‘nggi bor «Obod» jamoasi uchun o‘ynagandi. U shundan keyin Ummon va Qirg‘iziston chempionatlarida to‘p surdi. Oxirgi 2 mavsumni esa Bangladesh chempionati vakili - «Shayx Russel» klubida o‘tkazdi. Mana, muxlislarga yaxshi tanish hujumchi xorij safaridan qaytib, Birinchi liga ishtirokchisi - «Rubin» safiga qo‘shildi. O‘z oldiga Pro ligaga chiqish vazifasini qo‘ygan jamoa Azizovdan tashqari, Shohruh Raimov, Asilbek Omonov, Obid Hakimov, Akram Bahriddinov, Sherzod Jalilov singari ijrochilar hisobiga tarkibini kuchaytirdi. Jamoa­ni Yavar Najafaliyev boshqarmoqda. Klub O‘zbekis­ton kubogidagi yurishini g‘alabalar bilan boshlab, guruh raundi yo‘llanmasini naq qildi. Azizovning jamoa safida ekanligi yoshlarga tajriba to‘plash borasida ajoyib imkoniyatdir.

Ma’mur IKROMOV, Siroj HAMROYEV - «Xo‘jand»dan qaytishdi

Tojikiston chempionati yetakchilaridan biri «Xo‘jand» jamoasida o‘ynagan ikki hamyurtimiz qishda ortga qaytishdi. 2000 yildan buyon O‘zbekiston chempionatida o‘ynab kelgan tajribali kiper so‘nggi vaqtlarda «Lokomotiv» zaxirasida qolib ketgan, deyarli ikki mavsum o‘ynamagandi. Shu boismi, Ikromov o‘tgan yilning boshida Nikola Lazarevich boshqaruvidagi «Xo‘jand» safiga qo‘shildi va ko‘plab uchrashuvlarda darvozasini ishonch bilan qo‘riqladi. Ma’mur bilan birga himoyachi Siroj Hamroyev ham ortga qaytishni lozim ko‘rdi. Ammo bu ikki futbolchini yangi mavsum arafasida biror jamoada uchratganimiz yo‘q.

O‘z o‘rnida Shohruh Gadoyevning «Keshlya»dan AGMKga, Islom To‘xtaxo‘jayevning «Shenyang Urban»dan «Qizilqum»ga, Jasur Jaloliddinovning «Tambov»dan «Andijon»ga, Sardor Rashidovning «Qatar SK»dan «Paxtakor»ga qaytganini ham qo‘shimcha qilish kerak.

Abdulaziz ISKANDAROV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 20.04.2021.
O'qildi: 4989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик