Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Aleksandr Xomyakov: "Legionerlar bilan xayrlashish rejamizda yo‘q"

Aleksandr Xomyakov: "Legionerlar bilan xayrlashish rejamizda yo‘q"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O‘yin haqida

— O‘yin to‘liq rejamizdagi kabi o‘tdi deya olmayman. G‘alaba qozonish yaxshi albatta, lekin o‘yindan to‘liq qoniqish hosil qilmadim. Hujumda va to‘p nazoratida bizga aniqlik yetishmagan xolatlar uchrab turdi. Bugungi o‘yinda o‘yin amaliyoti kamroq bo‘lgan futbolchilar tarkibimizda bor edi.

— "Mash’al" legionerlardan biri bilan xayrlashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Siz jamoangizdagi legionerlar faoliyatidan qoniqish hosil qilayapsizmi?
— Bizda legionerlar bilan xayrlashish rejasi yo‘q. Barcha futbolchilar mavsum davomida bizga kerak. Ayrim futbolchilarni ko‘rsayotgan o‘yini ko‘ngildagidek bo‘lmasligi mumkin. Lekin ular futbol uchrashuvlari davomida kuchayib borishadi, o‘yin amaliyoti ularni yanada kuchli qiladi.

— Garchi bugun "Mash’al" g‘alabaga erishgan bo‘lsa ham o‘z uyida ikkinchi jamoa sifatida harakatlandi. Bunga munosabatingiz qanday?
— Aytib o‘tdim, bugungi o‘yinimizdan qoniqish hosil qilganim yo‘q. Eng muhimi bugungi o‘yinda ba’zi rejalarimiz amalga oshdi. Bizga hujumda aniqlik yetishmagan xolatlar uchradi. Xuddi shu kabi vaziyatlar raqibda ham ko‘rindi.

— "Mash’al"da uzoq masofadan darvozaga zarba yo‘llaydigan futbolchi ko‘rinmayapti...
— Bugun ko‘rgan bo‘lsangiz Qo‘ziyev bir necha bor uzoqdan raqib darvozasiga zarba yo‘lladi. Bunday futbolchilar bizda bor. Eng muhimi natijaga erishdik, g‘alaba bilan barchani tabriklayman.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:10, 21.04.2021.
O'qildi: 1202 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик