Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 0-0 Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

AGMK - «Shabab al-Ahli» o‘yinini sharhlagan Orif Tolipov: Hammasi bir yon, bu bir yon!

AGMK - «Shabab al-Ahli» o‘yinini sharhlagan Orif Tolipov: Hammasi bir yon, bu bir yon!

Baho:
+1 | -

Bolalikda Yevropaning biror jamoasiga muxlislik qilganman, qilmaganman deyish yolg‘on bo‘ladi. Hamma bolalar kabi sevganmiz futbolni, futbolchilarni. Hozir u yoki jamoaga muxlis ekansiz, sharhda sezildi, deyishsa ranjimay qo‘yganman. Chunki qisqa sharhlovchilik davrimda o‘nlab turli klub "muxlisi" bo‘lib ulgurdim. Demak, hammasi joyida bu bilan deyman, o‘zimga.

Bugun ilk bor o‘zbek jamoasining xalqaro o‘yinini sharhladim. Lazzat!

Kimdir e’tibor bergandir, o‘yin davomida ham aytib turdim hislarimni.

Asli bu bahs Xayrulla akamning chekiga tushgandi. Kecha men "aka, birga kiraylik", dedim. Albatta rozi bo‘ldilar. Bugun kechga yaqin ba’zi sabablar bois kelolmasliklarini aytganlarida, avvaliga biroz g‘alati bo‘ldim, qanday sharhlayman, o‘zimiznikilar o‘ynaganda bemalol sharhlasa bo‘ladi deyishgan, xo‘p shu "bemaloli" qanaqa bo‘ladi, degan fikrlar o‘tdi.

Keyin, translyasiyadan avval boshqa bir sharhdan Davron akam chiqdilar, bu o‘yinda menligimni bilib "zo‘r bo‘ladi, AGMK jang qiladi", dedilar. Butun sharhdagi ishonchim, klubimizning yutug‘iga ishonchim Davron akamning shu ikki og‘iz gapidan quvvat olgandi!

Ha! Yevrofutbol bir yon, (biznikilar o‘ynaganda) Osiyo futboli bir yon. Rohatlandim!

Ikki ustozga ham tashakkur!

Klublarimizga omad!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 05:38, 22.04.2021.
O'qildi: 6838 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик