Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Bokschilarimiz jahon chempionligi uchun ringga chiqishadi

Bokschilarimiz jahon chempionligi uchun ringga chiqishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Polshada yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetmoqda. Bugun qizlar o‘rtasida final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Yarim final bosqichiga terma jamoamizning 10 nafar vakili yetib keldi va musobaqaning shuncha medalini naqd qilib qo‘yishdi. Final uchun kechgan murosasiz bahslar yakunida 4 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Reglamentga ko‘ra, bugun qizlar o‘rtasida, ertaga yigitlar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tadi. Jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz bilan tanishing:

22 aprel (qizlar):
-54 kg: Nigina O‘ktamova – Xristina Lakichuk (Ukraina) – 19:30
-64 kn: Mohinabonu Abdullayeva – Azaliya Amineva (Rossiya) – 20:15

Finalga yetib kelgan davlat vakillari:
Hindiston – 7;
Rossiya – 3;
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Polsha – 2 tadan;
Ukarina, Fransiya, Turkiya va Moldovadan 1 tadan.

23 aprel (yigitlar):
-52 kg: Shahzod Muzaffarov – Yevgeniy Jorov (Rossiya) – 19:15
+91 kg: Jahongir Zokirov – Xovxannes Papazyan (Armaniston) – 23:15

Finalga yetib kelgan davlat vakillari:
Rossiya – 5;
Qozog‘iston – 4;
Ukraina – 3;
O‘zbekiston –2;
Hindiston, Yaponiya, Chernogoriya, Kuba, Polsha, Armaniston 1 tadan.

Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan. Undan avvalgi janglarning yakunlanishiga qarab vaqt o‘zgarishi mumkin.

Shu tariqa, jamoamiz hisobida hozirda 6 ta bronza medali naqd. Qolgan 4 medalning qanday bo‘lishi final bahslaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Biz bu borada bokschilarimizga faqat va faqat g‘alaba tilab qolamiz.

Manba: https://t.me/OlympicUz
Kiritildi: 09:45, 22.04.2021.
O'qildi: 2499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик