Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Farhod Mirahmatov: «Menga ham imkon berilishini kutyapman»

Farhod Mirahmatov: «Menga ham imkon berilishini kutyapman»

Baho:
+ | -

O‘tgan yil «Andijon»dagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirgan Farhod Mirahmatovning joriy mavsum avvalida «Navbahor» safiga qo‘shilishi ko‘pchilik muxlislarni quvontirgandi. Ammo negadir, bu yosh iqtidor egasini so‘nggi turlarda hatto uchrashuv qaydnomalarida ham ko‘rmayapmiz. Buning sababi esa ko‘pchilik qatori bizga ham qiziq. Shuning uchun Namanganda kechgan «Navbahor» - «Turon» uchrashuvi yakuniga yetgach, futbolchi bilan suhbatlashib, savollarimizga javob oldik.

- Suhbatimizni «Turon»ga qarshi o‘yin haqidagi fikrlaringiz bilan boshlasak.

- Bugun o‘yinimiz o‘xshamadi, desam to‘g‘riroq bo‘lsa kerak. «Turon» ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Har ikki jamoada ham golga tortadigan qator vaziyatlar bo‘ldi, ammo ulardan foydalanishda xatolar kuzatildi. Bir so‘z bilan aytganda, adolatli durang bo‘ldi, deb o‘ylayman.

- Mazkur uchrashuvda «Navbahor»dan hamma g‘alaba kutgandi. Ayting-chi, jamoaga nima yetishmadi?

- Hujumda sal sustroq harakat qilyapmiz, yanada jo‘shqinroq o‘ynashimiz kerak, deb o‘ylayman. Bellashuvlar qiyin o‘tyapti, jamoalar saviyasi deyarli teng darajada. Shuning uchun har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaydigan bo‘lsak, yaratilgan vaziyatlardan oqilona foydalanishimiz kerak. Bunday bahslarda minimal imkoniyatlardan ham ustalik bilan foydalanish talab etiladi.

- Sizning «Navbahor»ga o‘tishingizni ko‘pchilik muxlislar xursandchilik bilan qabul qilishgandi. Ammo negadir maydonda ko‘rinish bermayapsiz. Mazkur vaziyatga oydinlik kirita olasizmi?

- O‘zim ham hayronman.Bu savolni murrabiyga bersangiz to‘g‘ri bo‘ladi, deb o‘ylayman. Men ham bu yerga dam olish uchun kelganim yo‘q. Ko‘proq o‘yinlarda maydonga tushib, o‘zimni ko‘rsatib, jamoaga qo‘ldan kelgancha yordam bersam, deyman, lekin meni so‘nggi o‘yinlarda hatto qaydnomaga ham kiritishmayapti.

- Buning sababi nimada bo‘lishi mumkin, hech qiziqib ko‘rdingizmi?

- Bosh murabbiy «Lokomotiv»ga qarshi o‘yindan oldin meni chaqirib, harakatlarimdan e’tirozi yo‘qligini, unga ko‘proq hujumchilar kerakligini aytdi. Bori shu.

- Mavsum avvalidagi suhbatimizda klubga yaxshi niyatlar bilan kelganingizni aytgandingiz. Hozirda «Navbahor»ga kelganingizdan afsusda emasmisiz?

- Yo‘q, hali o‘yinlar ko‘p va o‘zimni ko‘rsatish uchun vaqt bo‘ladi, deb o‘ylayman. Muhimi, imkon berilsa, ishonch bildirilsa, bas.

- Demak, imkon berilishiga ishonyapsiz?

- Albatta, agar imkon berilmasa, klubdan ketishga majburman. Axir ayni o‘ynaydigan va o‘sadigan paytimda faqat mashg‘ulot qilib yuravermayman-ku.

- Murabbiylar almashinuvi ham klub natijalarini o‘zgartira olmayapti. Go‘yoki, jamoada nimadir noto‘g‘ri ishlayotgandek?

- «Navbahor» ketma-ket ikki ko‘ngilsiz natijadan so‘ng biroz umidsizlikka tushib qoldi. O‘ylaymanki, yaxshi o‘yinlar hali oldinda. Shunchaki, jamoaga biroz vaqt kerak.

X.YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:00, 25.04.2021.
O'qildi: 3101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.