Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Jasur Abduraimov: “Bugun shogirdlarim oxirigacha kurashganidan xursand bo‘ldim”

Jasur Abduraimov: “Bugun shogirdlarim oxirigacha kurashganidan xursand bo‘ldim”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Yangiyer" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

-  “Metallurg”ning o‘yini asta sekin o‘zgarib, shakllanib borayapti. Ammo hali ko‘p ishlashimiz kerak. Futbolchilarimiz ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishlari lozim. Mening fikrimcha biz 40-50 foiz imkoniyatlarimiz darajasida o‘yin namoyish etayapmiz.

Bugungi raqibimiz – “Yangiyer”ning o‘yini menga yoqdi. Zamonaviy futbol namoyish etayapti. Bir tur oldin Superliganing tajribali jamoasi “Qo‘qon 1912”ni yutgandi. Biz raqibning o‘yinini ko‘rib chiqqandik. Bugun futbolchilarimiz oxirigacha kurashganligi menga manzur bo‘ldi. To‘g‘ri, o‘yinning sifati haqida hali maqtana olmaymiz. Maqsadga erishish uchun esa vaqt kerak albatta. Futbolchilar o‘z o‘yinlarini topib olishadi.
 
-  Birinchi bo‘limdayoq o‘yinchi almashtirilishiga sabab nima bo‘ldi? Chumakning o‘yinidan qoniqish hosil qilmadingizmi?

-  Avvalgi matbuot anjumanlarida ham ta’kidlab o‘tganman, legioner futbolchi mahalliy o‘yinchilardan bir bosh ustun bo‘lishi kerak. Mening futbolga qarashim shu. Agar u shunday darajada o‘yin ko‘rsata olmasa, bunday legionerning o‘rniga yosh, iste’dodli o‘zbek yigitini maydonga tushirganim ma’qul.

-  Keyingi uchrashuvda “Qo‘qon 1912” bilan o‘ynaysizlar, uchrashuvdan nimalarni kutayapsiz?

-  “Qo‘qon 1912” jamoasi ancha kuchli raqib. O‘z o‘yin uslubiga ega jamoa. Kuchli futbolchilarni jamlagan bu jamoa o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan. O‘ylashimcha, bo‘lg‘usi o‘yinga kelgan muxlislar chiroyli, qiziqarli o‘yinning shohidi bo‘lishadi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 04:46, 26.04.2021.
O'qildi: 1396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.