Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

O‘zbekistonlik kurashchi Tokio Olimpiadasidan so‘ng UFC’ga o‘tishi mumkin

O‘zbekistonlik kurashchi Tokio Olimpiadasidan so‘ng UFC’ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Erkin kurash bo‘yicha Osiyo chempioni Bekzod Abdurahmonov UFC’ga o‘tishi mumkin. Bu haqda «Olamsport» xabar qilmoqda.

O‘zbekistonlik sportchi UFC promoushenidan taklif bo‘lgani va Olimpiadadan keyin muzokaralarni davom ettirishini aytdi.

"UFC’dan taklif bor. Biroq hozirda bor e’tiborimni erkin kurashga, Olimpiada o‘yinlariga qaratganman. UFC’dagilar bilan gaplashdik, ular bilan muzokaralarni Tokio—2020 Olimpiadasidan keyin davom ettirish borasida kelishib oldik.

UFC’da bir yakkakurashchi bitta jang uchun o‘rtacha 24 ming dollar gonorar oladi. Agar jangchi Olimpiya o‘yinlari chempioni yoki sovrindori bo‘lsa, u holda yaxshiroq shartlarni qo‘yishi mumkin. Bu orqali jangdan tushadigan gonorar ham oshishi mumkin. Aynan shu sabab bor e’tiborimni Olimpiadaga qaratganman", — dedi Bekzod Abdurahmonov.

Bekzod Abdurahmonov — 1990 yil, 15 mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U erkin kurash bo‘yicha ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi (2014, 2018 yil), ikki karra Osiyo chempioni (2015, 2017) va ikki karra Jahon chempionati bronza medali sohibi (2014, 2018) hisoblanadi. Shuningdek, sportchi Rio—2016 Olimpiya o‘yinlarida 4-o‘rinni egallagan. Bekzod 2021 yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Tokio—2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, UFC promoushenida ayni damda uch nafar o‘zbekistonlik yakkakurashchi faoliyat yuritmoqda. Ular: Mahmud Murodov, Zarruh Adashev va Liliya Shokirova.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:50, 27.04.2021.
O'qildi: 2280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.