Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Eng yosh o‘yinchi, eng ko‘p g‘olib bo‘lgan jamoa yoxud Yevropa Ligasi tarixidagi qiziqarli faktlar

Eng yosh o‘yinchi, eng ko‘p g‘olib bo‘lgan jamoa yoxud Yevropa Ligasi tarixidagi qiziqarli faktlar

Baho:
+ | -

UYEFA kubogi, yoki yangicha nom bilan atalgan UYEFA Yevropa Ligasi musobaqasi har doim qiziqarli bo‘lgan. Bugun mazkur muobaqaning yarim final pley-off bosqichi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, ushbu musobaqa doirasidagi qiziqarli faktlar, o‘rnatilgan rekordlar haqida sizlarga ma’lumot bermoqchimiz. Demak, Yevropa Ligasi tarixidagi rekord natijalar.

Eng ko‘p mavsum o‘tkazgan jamoa


Belgiyaning «Bryugge» va Portugaliyaning«Sporting» jamoalari mazkur musobaqada eng ko‘p mavsum o‘tkazgan jamoa hisoblanadi. Ushbu klublar 32 mavsumdan beri Yevropa Ligasi musobaqasida qatnashib keladi. Hozirgacha boshqa hech qaysi jamoa bu klublar kabi bunchalik ko‘p mavsum o‘tkazmagan.


Eng ko‘p g‘oliblikka erishgan jamoa


Mazkur musobaqada eng ko‘p oltin medallarni qo‘lga kiritgan jamoa bu - «Seviliya». Ushbu Ispan jamoasi Yevropa Ligasida naq 6 marta g‘oliblikka erishgan. Ilk marta 2005/06 yilda, keyinchalik esa 2006/07, 2013/14, 2014/15,2015/16, 2019/20 - yilgi mavsumlarda aynan «qizil-oqlar» mazkur musobaqada g‘iliblikka erishgan. Undan keyingi o‘rinlarda,«Liverpul», «Inter», «Atletiko», «Yuventus» kabi jamoalar 3 martadan oltin medalga ega chiqib, keyingi o‘rinlardan joy olgan.


O‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha


Bu ko‘rsatgich bo‘yicha, Italiyaning «Inter» jamoasi oldinda. «Nedarruzi»lar Yevropa Ligasidagi barcha mavsumlarini qo‘shib hisoblaganda, naq 191 marta maydonga tushganiga guvoh bo‘lamiz. Portugaliyaning «Sporting» jamoasi 187 uchrashuv bilan ikkinchi, «Bryugge» esa 181ta o‘yin o‘tkazib uchinchi o‘rindan joy olgan. 

Ko‘p gol urgan futbolchi

Shvesiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Xenrik Larsson ushbu musobaqda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. «Feynoord», «Seltik» kabi bir nechta jamoalarda to‘p surgan mazkur futbolchi maydonga tushgan barcha uchrashuvlari davomida 40 marta raqiblar posponini ranjitishga erishgan.

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi


Faoliyati davomida faqatgina Italiyaning «Inter» jamoasi uchun to‘p tepgan sobiq futbolchi Juzeppi Bergomi, Yevropa Ligasi musobaqasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan o‘yinchi hisoblanadi. Oldin UYEFA kubogi nomi bilan atalgan mazkur musobaqada doirasidagi 96 uchrashuvda maydonga tushishga erishgan. Keyingi o‘rinlarda Frank Rost (90) va Bibras Natxo (83) kabi futbolchilar joy olgan. Bu futbolchilar ham faoliyatini yakunlaganini hisobga olsak, Bergomining rekordini yaqin yillar davomida boshqa futbolchi o‘zgartira olmasa kerak.


Golli pas bergish bo‘yicha rekord


Chexiyalik futbolchi Borjek Dochkal Yevropa Ligasida golli pas berish bo‘yicha hozircha rekordchi hisoblanadi. U o‘zi o‘ynagan «Slavan» «Sparta Praga» kabi jamoalar tarkibida ushbu musobaqada qatnashib, sheriklariga 24 marta to‘pni aniq yetkazib, golli vaziyat yaratilishiga hissasini qo‘shgan.


Penaltini eng ko‘p aniq amalga oshirgan futbolchi


Futbolchilik davrida «Valyadolid», «Valensiya», «Atletik Bilbao» kabi klublarda to‘p tegan ispaniyalik hujumchi Aris Aduris, Yevropa Ligasi musobaqasida eng ko‘p penalti tepgan o‘yinchi hisoblanadi. U naq sakkiz marta o‘ziga topshirilgan ishni ajoyib tarzda yakunlagan. Ushbu rekord joriy mavsumda yangilanishi ham mumkin, chunki ikkinchi o‘rindagi «Manchester Yunayted» futbolchisi Bruno Fernandesh hisibida 6ta aniq amalga oshirilgan penalti bor, joriy yilgi mavsumda ushbu musobaqada qatnashayotgan «qizil iblislar»ning asosiy penalti tepadigan futbolchisi aynan Fernadeshdir


Eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa


Italiyaning «Inter» jamoasi ushbu musobaqada g‘alaba qozonish bo‘yicha birinchi o‘rindan joy olgan. Italiyaliklar mazkur musobaqada 191 marta o‘yin o‘tkazib, shularning 96tasida g‘alaba qozonishga erishgan. Keyingi o‘rinlarda esa «Sporting» va «Tottenxem» jamoalari joy olishgan. Inter joriy yilgi musobaqada qatnashmayotganini hisobga olsak, keyingi qatordagi jamoalar italiyaliklarga ancha yaqinlashib olishi mumkin.


Jamolari eng ko‘p g‘olib bo‘lgan mamlakat

Ushbu katergoriya bo‘yicha, shubhasiz, Ispan jamoalari oldinda. Ular Yevropa Ligasi musobaqasida naq 12 marta g‘alaba qozongan. «Sevilya» 6 marta oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, «Atletoko Madrid» 3 marta, «Real Madrid» 2 marta va «Valensiya» bir marta mazkur musobaqada kubokni boshlar uzra ko‘tarishgan. Qolaversa, 5 bora final bosqichiga chiqib, g‘alaba qozonolmaganligidan ham Ispaniya jamoalari ushbu musobaqada ancha yaxshi qatnashishini bilish mumkin. 

Romelu Lukaku


Belgiyalik ushbu futbolchi Yevropa Ligasida individual rekordlar qayd etishga erishgan. U musobaqa tarixidagi maydonga tushgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. «Inter» forvardi «Anderlext» jamaosida to‘p tepib yurgan paytda, Zagrebning «Dinamo»siga qarshi uchrashuvda debyutini amalga oshirgan. Ushbu paytada u bor yo‘g‘i 16 yoshu, 127 kunlik edi. Qolaversa, mazkur musobaqada gol kiritgan eng yosh futbolchi ham aynan Lukaku hisoblanadi. Belgiyalik o‘sha 2009 - yilgi mavsumda safarda kechgan «Ayaks»ga qarshi uchrashuvda gol urishga erishgan va musobaqa tarixidagi gol urgan eng yosh futbolchiga aylangan. Ushbu paytad Romelu 16 yoshu, 218 kunlik edi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 10:35, 29.04.2021.
O'qildi: 2382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.