Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yemirilib qolgan himoya chizig‘i. PSJ-"Manchester Siti" o‘yin tahlili.

Yemirilib qolgan himoya chizig‘i. PSJ-"Manchester Siti" o‘yin tahlili.

Baho:
+ | -1

Kecha tunda Chempionlar Ligasi doirasidagi yarim final bosqichining dastlabki uchrashuvlari yakunladi. Unda "PSJ" jamoasi o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Quyida hozir biz sizlar bilan mazkur bahs haqida fikr yuritamiz. 

Ikki xil taymlar

Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni orzu qiladigan va bu maqsadga aql bovar qilmaydigan resurslarni sarflaydigan bunday jamoalarning qarama-qarshiligidan, ikkixi tubdan farqli ssenariy kutish mumkin edi.

"Siti" o‘yin boshidanoq to‘pni boshqarish va o‘lchovli yondashuvdan umidvor edi. PSJ esa o‘zining asosiy ikki quroli tufayli juda keskin hujumlarni yuzaga keltira boshladi Mbappe va Neymar jarima maydonchasiga kutilmaganda reydlar uyushtirib turdi.Taymning qaysidir qismiga kelib "shaharliklar" qo‘rqib o‘yin ko‘rsatishgandek tuyuldi. Bu birinchi bo‘limda edi.
O‘sha paytdan foydalanib PSJ 1:0 hisobida oldinga chiqib oldi, burchakdan oshirilgan to‘pdan so‘ng urilgan gol hujumga tashna mezbonlarni anchagina qoniqtirdi. kuchli keskinlik segmentini yakunladi. Manchester o‘yinini kuchli o‘zgartirib yubordigan De Bryuyne va Foden birinchi taymda umuman hech nima qilolmadi.
Birinchi bo‘limda "Manchester Siti" da imkoniyat yo‘qdek tuyuldi. Ammo PSJ nima qildi?

Xatolar qimmatga tushdi

Ko‘pchilik "Siti" ning ikkinchi bo‘limdagi o‘yiniga qoyil qoldi, ammo yakuniy natijada PSJ ning ham o‘z hissasi bor. Bu PSJ ning doimiy kasalligiga aylanib qolgandek go‘yo. Negadir parijliklar hamma narsa mavjud bo‘lganidan ancha qisqa davom etadi, deb hisoblashadi. Javob o‘yinining birinchi bo‘limida "Bavariya" ni qanday qilib parchalab tashlashlari mumkinligini eslang va keyin darvozasi tomon bosim bo‘lib musobaqadan chiqib ketishga bir bahya qolgandi. Yoki "Barselona" bilan bo‘lgan o‘yinni ham misol qilib ko‘rsatsa,lekin endi vaziyat o‘zgardi ular birinchi uchrashuvda yutqazishdi.

Birinchi bo‘limda PSJ «Siti» ga deyarli imkoniyat qoldirmadi va tanaffusdan keyin umuman o‘yini chiqmadi. Demak, bu Gvardiolaning o‘yinni boshqarish xususiyati emas, balki PSJ ning tushunarsiz xususiyati. Ikkinchi bo‘limdagi asosiy uch vaziyat aniq odamlarning aniq xatolari tufayli sodir bo‘ldi. Ha, "Siti" ularni bosimlari bilan g‘azablantirdi deb ayta olamiz. Shaharliklar ajoyib kombinasiya evaziga hisobni tenglashtirmadilar Navas yaqinlashib kelayotgan to‘pga kimdir teginishidan qo‘rqdi va xatoga yo‘l qo‘ydi.

Ikkinchi gol Paredes va Kimpembe raqib jarima zarbasidan zarba berishganda, qandaydir sabablarga ko‘ra to‘pni o‘tkazib yuborishdi.Axir Maxrez standartdan mukammal zarba bera olmadi,to‘p to‘g‘ri jonli devorda turgan futbolchilarga borib tegishi kerak edi,lekin so‘nggida unday bo‘lmadi.

Uchinchi muhim voqea - bu chetlatish. Bu eng noo‘rin daqiqada sodir bo‘ldi, PSJ barchaga ushbu vaziyatdan chiqib keta olishi mumkinligi isbotlaydigan va uchrashuvda burilish qilish kerak bo‘lgan vaziyatda.Guye Gyundoganning oyog‘iga zarba berdi va maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘limdagi dahshatli voqealardan so‘ng, PSJ faqatgina kurashishi va "Siti" bilan javob o‘yini oldidan dafn marosimiga aylanadigan uchinchi golni o‘tkazib yubormasligiga umid qildi xolos. Bu amalga oshmadi, shuning uchun parijliklarda hali ham imkoniyat bor. Shunga qaramay, bu har qanday raqib bilan o‘yinda juda ko‘p imkoniyatlar yaratishni biladigan juda ajoyib jamoa. U har doim har bir o‘yinda bir nechta gol urish imkoniyatiga ega. Ulardan qanday foydalanish boshqa masala. Endi biz nihoyat PSJ qanday qilib o‘yinni qutqarib qolishi mumkinligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Raqamlar

Darvoza tomon zarbalar (nishonga): 11 (4) - 11 (6)
Zarbalarda to‘liq tenglik, shuningdek, haqiqiy o‘tkir epizodlarda taxminiy tenglikni anglatadi. Ehtimol, bu shunday. Faqat ular jamoalar o‘rtasida har xil vaqtda yo‘llandi. PSJ uchun o‘tin boshida ko‘plab vaziyat yaratgan bo‘lsa, "shaharliklar" ikkinchi bo‘limda bu ishni amalga oshirishdi.

Butun ikkinchi bo‘lim davomida parijliklar birgina noaniq zarba berishdi. Ammo birinchi bo‘limda deyarli zarba bermagan "Siti" bu ko‘rsatkich bo‘yicha raqibiga yetib oldi va hattoki aniq zarbalardan ham ustun keldi. Chempionlar ligasida birinchi marta bir uchrashuvda Kilian bironta ham aniq zarba bermadi.

To‘pga egalik qilish (pas aniqligi): 43% (88%) - 57% (93%)

Biz o‘yin va turnirning ushbu darajasidagi jamoalar har qanday sharoitda uzatmaning aniqligi 90 foiz atrofida bo‘lishiga odatlanganmiz.  Bu safar ham shunday bo‘ldi.  Ammo "Siti" bu yerda ham ajralib turishga muvaffaq bo‘ldi va favqulodda 93 foiz aniqlikka erishdi.  Gvardiolaning ushbu jamoasi juda yaxshi.  "Siti" 656 ta aniq uzatmani amalga oshirgan, "PSJ" esa atigi 421 ta. Shaharliklar esa ancha ko‘proq - 107,4 km yuhurishdi mezbonlar 102,6 km. Bu yerda parijliklar bitta o‘yinchi kam bo‘lganligini yodda tutishingiz kerak.

Kiritildi: 14:27, 29.04.2021.
O'qildi: 3209 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.