Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

OCHL. Otabek Shukurov jamoasi so‘nggi turda «Traktor»ga mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

OCHL. Otabek Shukurov jamoasi so‘nggi turda «Traktor»ga mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasining 6-turida «Sharja» 29 aprel, payshanba kuni «Traktor»ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv Eron klubining g‘alabasi bilan yakunlandi. 7-daqiqada Muhammad Abboszoda hisobni ochdi. 66-daqiqaga kelib esa Abboszodaning o‘zi dublni rasmiylashtirgan holda jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

Qayd etish joiz, mazkur uchrashuv «Sharja» uchun ahamiyatsiz edi, boisi jamoa 5-turda keyingi bosqich masalasini hal etib bo‘lgandi. BAA klubi safida to‘p suradigan Otabek Shukurov mazkur bahsda 56-daqiqada zaxiraga olindi.

Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra «Paxtakor» o‘rin olgan B guruhidan keyingi bosqichga BAAning «Sharja» (11) va Eronning «Traktor» (10) klublari yo‘l oldi. Toshkent klubi esa 7 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi.

OCHL, 6-tur bahsi
29 aprel, payshanba
«Sharja» — «Traktor» 0:2
Gollar: 0:1 7 Abboszoda, 0:2 — 66 Abboszoda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:46, 30.04.2021.
O'qildi: 3641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик