Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

UYEFA Yevro-2020 uchun milliy jamoalarga 26 nafargacha futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi

UYEFA Yevro-2020 uchun milliy jamoalarga 26 nafargacha futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi

Baho:
+ | -
UYEFA Yevropa chempionati o‘yinlari oldidan turnir reglamentiga o‘zgarish kiritdi, deya xabar bermoqda tashkilot rasmiy sayti. 

Yevropa futbol ittifoqi turnir ishtirokchi milliy jamoalariga o‘z tarkibiga 26 nafargacha futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi. Bungacha 23 nafar o‘yinchini «zayavka»dan o‘tkazishga ruxsat bor edi.

«Hozirgi pandemiya sharoitidan kelib chiqib, tarkib borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolarni inobatga olgan holda milliy jamoalarning ro‘yxatdagi o‘yinchilari soni 26 nafargacha oshirilishiga ruxsat berildi. Shunga qaramay, har bir o‘yinga alohida qaydnomaga kiritiladigan o‘yinchilar soni 23 nafardan oshirilmaydi. Shundan 3 nafari darvozabonlar bo‘ladi», - deyiladi UYEFA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 turniri 2020 yilda o‘tkazilishi lozim edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli bahslar bir yil keyinga surildi. Qit’a chempionati joriy yil 11 iyundan 11 iyulga qadar o‘tkaziladi.

Kiritildi: 16:53, 04.05.2021.
O'qildi: 2042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.